5
Foyda solig‘i stavkalari. Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va hisob-
kitoblarni taqdim etish tartibi. Foyda solig‘ini to‘lash tartibi va muddatlari. Foyda
solig‘i bo‘yicha imtiyozlar. Kredit tashkilotlardan foyda solig‘ini undirish tartibi.
Sug‘urta tashkilotlarining foydasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari daromadlariga soliq
solishning o‘ziga xos xususiyatlari. Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining
foydasiga soliq solish. Dividendlar va foizlar tarzidagi daromadlarga hamda oddiy
shirkat ishtirokchilarining daromadlariga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali faoliyat ko‘rsatadigan
norezident yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartibi. O‘zbekiston Respublikasi
norezidentlarining doimiy muassasa bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlariga soliq
solish. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlarining mol-mulkni realizatsiya
qilishdan olgan daromadlariga soliq solish.
4-MAVZU. QO‘SHILGAN QIYMAT SOLIG‘I
Qo‘shilgan qiymat solig‘ining joriy etilishi va iqtisodiy mohiyati. Qo‘shilgan
qiymat solig‘i to‘lovchilar va soliq solish obyekti. Qo‘shilgan qiymat solig‘i
obyektini belgilashda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti.
Soliq solinadigan va solinmaydigan oborotlarni belgilash. Soliq solinadigan bazani
belgilash. O‘zbekiston Respublikasi norezidentidan olinadigan ishlar, xizmatlarga
soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Qo‘shilgan qiymat solig‘idan imtiyozlar. Soliqdan ozod etiladigan tovarlarni
(ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish oboroti. Soliqdan ozod qilinadigan
moliyaviy xizmatlar. Soliqdan ozod qilinadigan sug‘urta xizmatlari. Soliqdan ozod
qilinadigan import. Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadigan oborot.
Soliqni hisobga olish va soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisob-kitoblarini
taqdim etish va soliqni to‘lash tartibi. Soliq yuzasidan budjet bilan o‘zaro
munosabatlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Schyot-faktura rasmiylashtirish tartibi.
O‘zbekiston Respublikasiga keltirilayotgan import tovarlarga (ishlar, xizmatlar)
QQSni qo‘llash tartibi. Import tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘iga
tortiladigan obyektlar.
Dostları ilə paylaş: