1-MAVZU. SOLIQLAR VA SOLIQ MUNOSABATLARINING NAZARIY ASOSLARI Soliqlarning paydo bo‘lishi va ilk ko‘rinishlari. Soliq munosabatlarining
vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish bosqichlari. Soliqqa tortishning klasssik va
zamonaviy tamoyillari. Umumiy va xususiy soliq nazariyalari.
Soliq tushunchasi, uning iqtisodiy mazmun-mohiyati. Soliqqa tortishning
obyektiv zarurligi. Soliqlarning tavsifi va umumiy belgilari. Soliqlarning
funktsiyalari va bu boradagi yondashuvlar. Soliq, majburiy to‘lov va yig‘im
tushunchalarining o‘zaro bir-biridan farqlanishi hamda o‘ziga xos xususiyatlari.
Soliq elementlari va ularning mohiyati. Soliq obyekti. Soliqqa tortiladigan baza.
Soliq me’yorlari. Soliq stavkasi va uning turlari. Soliq imtiyozlari. Soliq
imtiyozlarining turlari. Soliqni to‘lash muddatlari. Soliqlarni undirish usullari.
2-MAVZU. SOLIQ SIYOSATI VA SOLIQ TIZIMI SHAKLLANISHINING NAZARIY ASOSLARI Soliq siyosati va uning asosiy tushunchalari. Soliq siyosatining elementlari.
Soliq siyosatini ishlab chiqish tamoyillari. Soliq siyosatini amalga oshirishda
hokimiyat organlarining roli. Soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda
yashirin faoliyatning salbiy ta’siri. Soliq siyosati kontseptsiyasi. Soliq siyosati
strategiyasi va taktikasi. Erkin bozor munosabatlariga o‘tish davriga xos soliq
siyosatining shakllanishi.
O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatining o‘ziga xos xususiyatlari. Bozor
iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki yillarida soliq siyosati. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash sharoitidagi soliq siyosati. O‘zbekistonda soliq siyosati
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari.
Soliq tizimining mohiyati va elementlari. Soliq tizimida soliqlarning
guruhlanishi. Bevosita soliqlar tizimi. Bilvosita soliqlar tizimi. Mulkiy va resurs
soliqlari. Umumdavlat soliqlari va majburiy to‘lovlari. Mahalliy soliqlar va majburiy
to‘lovlar. Soliq tizimining huquqiy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida soliqlar va
yig‘imlar tizimi. Soliq solish printsiplari. Soliq munosabatlarining sub'eklari.