21-MAVZU. IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHDA DAVLATNING ROLI Iqtisodiyotni tartibga solishning mohiyati va zarurligi. Iqtisodiyotni davlat
tomonidan tartibga solishning maqsadi. Davlatning iqtisodiy vazifalari: bozor
munosabatlari qatnashchilarini huquqiy himoyalash, raqobatchilik muhitini vujudga
keltirish; resurslar, mahsulotlar va daromadlarni qayta taqsimlash; iqtisodiyotning
va pul muomalasining barqarorligini ta‘minlash; tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga
solish. Fan-texnika taraqqiyoti, tarkibiy, ijtimoiy va mintaqaviy siyosatni amalga
oshirishda davlatning o‘rni.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi bevosita va bilvosita usullari.
Iqtisodiyotning davlat sektori va uning chegaralari. Davlat buyurtmalari va davlat
xaridlari. Iqtisodiyotni bevosita tartibga solishning ma'muriy vositalari. Tartibga
solishning tashqi iqtisodiy usullari
22-MAVZU. AHOLI DAROMADLARI VA TURMUSH FAROVONLIGI Aholi daromadlari, ularning turlari va shakllanish manbalari. Nominal va real
daromad. Daromadlarning tabaqalanish sabablari va omillari. Turmush darajasi va
sifati. Turmush farovonligi va qashshoqlikning ko‘rsatkichlari. Oila budjeti:
daromadlar va xarajatlar tarkibi. Farovonlikning quyi chegarasi. Turmush tarzi.
Yashash minimumi. Iste’molchilik savati.
Daromadlarni davlat tomonidan qayta taqsimlash g‘oyasi, maqsadi va
dastaklari. Ijtimoiy to‘lovlar. Ijtimoiy siyosat. O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga
o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy himoyalashning asosiy yo‘nalishlari.
Daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirib borish. Ichki
iste’mol bozorini himoya qilish. Aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy
himoyalash va qo‘llab-quvvatlash. Ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat
jihatidan yangi bosqichga o‘tilishi. O‘zini - o‘zi bandligini ta‘minlash oila budjeti
daromadlarini oshirishning qo‘shimcha manbaiga aylanib borayotganligi.