16-MAVZU. IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK Iqtisodiy o‘sish uning mezoni va ko‘rsatkichlari. Iqtisodiy o‘sish sur’ati.
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari. Iqtisodiy o‘sishning alohida
tomonlarini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Iqtisodiy o‘sishning omillari. Yalpi talab va yalpi taklif o‘zgarishining
iqtisodiy o‘sishga ta‘siri. Iqtisodiy o‘sishda taqsimlash omillarining o‘rni. Real
mahsulot o‘sishini aniqlab beruvchi omillar.
Milliy boylik va uning tarkibiy qismlari. Moddiy-buyumlashgan, nomoddiy
(intellektual) va tabiiy boylik.
MHTda milliy boylikni aniqlashning o‘ziga xosligi. Mamlakatning iqtisodiy
salohiyati. O‘zbekistonning iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishi va
iqtisodiy o‘sish muammolari. Iqtisodiy o‘sish samaradorligini ta‘minlashda
tejamkorlikning o‘rni. Tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslardan tejab-tergab
foydalanish yo‘llari.
Iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning
muvozanatli rivojlanishini ta‘minlash vazifalari.
17-MAVZU. MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATI Iqtisodiy
muvozanatlik
tushunchasi.
Umumiqtisodiy
va
xususiy
muvozanatliklar. Turg‘un va muttasil o‘zgarib turuvchi muvozanatlik. Iqtisodiy
muvozanat darajasini aniqlash usullari. Yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini
taqqoslash usuli. Tarmoqlararo balans, “harajat” va “natija” usuli. Retsession va
inflyatsion farq. Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli. Multiplikator
samarasi. Akselerator samarasi. “Tejamkorlik paradoksi”.
Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari. Mutanosibliklarning tasniflanishi.
Mutanosibliklarni ta‘minlash orqali milliy ishlab chiqarishning muvozanatli
rivojlantirish maqsadlari.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish, diversifikatsiyalash
modernizatsiyalash
asosida
mutanosibli
rivojlantirish.
Makroiqtisodiy
barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirish natijalari. Iqtisodiyot tarkibiy
tuzilishidagi o‘zgarishlar. Innovatsion texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha
maqsadli loyihalarni o‘z ichiga oluvchi uzoq muddatli dasturlarning ahamiyati.