I. FANNING ASOSIY MAVZULARI 1-MAVZU. RISK NAZARIYASI Risk nazariyalari. Riskologiyaning qonun va qonuniyatlari. Risk
nazariyasining rivojlanish bosqichlari. O‘zbekistonda risk nazariyasi. Noaniqlik
tasnifi. Noaniqlik va risk. Tasodifiylik. O‘lchanadigan noaniqlik. Sug‘urtalanadigan
noaniqlik. Manfaatlar qarama-qarshiligi. Risk jarayoni va uning tarkibiy tuzilishi.
Iqtisodiyotda sikllar. Risk gradatsiyasi. Risk tarkibi va uning konseptual modeli.
Risklarning hayotiylik aylanmasi. Iqtisodiyotda risk konsepsiyalarining o‘zaro
bog‘liqligi. Risk va sug‘urta nazariyasi. Risk tushunchasiga berilgan ta’riflar. Risk
tushunchasi, uning mohiyati va turlari. Risklarning umumiy klassifikatsiyasi.
2-MAVZU. SUG‘URTANING NAZARIY ASOSLARI VA IQTISODIY MOHIYATI Sug‘urta risklari va ularning transferi. Risklarni boshqarish modellari.
Sug‘urtaga qabul qilinmaydigan risklar. O‘zbekistonda risk transfertining umumiy
holati. Sug‘urtaga berilgan umumiy ta’riflar. Sug‘urtaning umumiy tushunchasi.
Sug‘urtaning funksiyalari, vazifalari va tamoyillari. Sug‘urta atamalari definitsiyasi.
Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq atamalar guruhi. Sug‘urta fondidan
foydalanish bilan bog‘liq atamalar guruhi. Xalqaro sug‘urta amaliyotida
ishlatiladigan atama va iboralar.
Sug‘urtaning evolyutsiyasi. Mol-mulk va hayot sug‘urtasining paydo bo‘lishi.
Notijoratga asoslangan sug‘urtaning paydo bo‘lishi. Tijoratga asoslangan
sug‘urtaning rivojlanishi va iqtisodiyotdagi roli.
3-MAVZU. SUG‘URTA MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI Sug‘urta munosabatlari haqida tushuncha. Sug‘urta munosabatlariga
kirishuvchilarning huquq va majburiyatlari. Sug‘urta vositachilarining sug‘urta
munosabatlaridagi o‘rni. Davlatning sug‘urta sohasini rivojlantirishdagi roli.
Sug‘urta huquqi va uning mazmuni. Sug‘urta munosabatlarini tartibga
solishda huquqning ahamiyati. Sug‘urta qonunchiligi, sug‘urta faoliyatini tartibga
soluvchi qonunlar. Sug‘urta faoliyati qonun osti hujjatlari bilan tartibga solish.
Sug‘urtalovchi tushunchasi va unga qo‘yiladigan talablar. Sug‘urta
kompaniyalarining ustav kapitali. Sug‘urta kompaniyalarini ro‘yxatga olish.
Aksiyadorlik,
xususiy, keptiv va boshqa mulk shaklidagi sug‘urta
kompaniyalarining o‘ziga xos jihatlari. Sug‘urta kompaniyalarining boshqaruv
tuzilmalari tahlili.