3
KIRISH
Hozirgi zamon iqtisodiyotida sug‘urta mexanizmi juda keng qo‘llanilmoqda.
Shu sababli, yetuk sug‘urtachilarni tayyorlashda sug‘urta xizmatlaridan foydlanishni
o‘qitish bo‘lajak sug‘urtachilarni o‘z faoliyatida uchraydigan iqtisodiy masalalarni
hal qilishda, to‘g‘ri va asosli qarorlar qabul qilishlarida muhim ahamiyatga egadir.
Sug‘urta munosabatlari murakkab va keng qamrovli
iqtisodiy-moliyaviy-
pullik munosabatlar bo‘lib, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’iy nazar
sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayoni hisoblanadi. Ta’kidlash
lozimki, mazkur munosabatlar yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq
omillar
mavjudligi muhimdir. Xususan, risk omilisiz sug‘urta o‘z mohiyatini yo‘qotadi.
Shu bois, ushbu fan sug‘urtaning paydo bo‘lishi va tadrijiy rivojlanishi,
sug‘urta
nazariyasining mohiyati, asoschilari va namoyondalari, sug‘urta
himoyasining talqini, sug‘urta munosabatlari tizimining mazmuni va tashkil qilish
asoslari, sug‘urta munosabatlarida
ishtirok etuvchi tomonlar, ularning huquq va
majburiyatlari, sug‘urta sohasini tartibga soluvchi huquqiy-me’yoriy asoslar,
sug‘urta sohasini nazorat etuvchi organning tashkil etilishi, majburiy sug‘urtaning
sug‘urta tizimidagi o‘rni, uni tashkil etishning zarurligi
va afzalliklari va boshqa
atributlarni tizimli va kompleks ravishda mujassamlashtiruvchi ilmiy-nazariy va
metodologik asoslar yaxlitlik, uzviylik va uzluksizlik tamoyillari nuqtai-nazaridan
mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 yil 28
yanvardagi
2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”,
PF-60-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 23 sentabrdagi “Ta'lim
to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-sonli, 2019 yil 29 oktabrdagi “Ilm-fan va ilmiy faoliyat
to‘g‘risida”gi O‘RQ-576-sonli Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 8 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi PF-5847-sonli
Farmoni va
2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish
va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4412-
sonli asosiy qoidalariga muvofiq ishlab chiqilgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib 70412206 – “Sug‘urta
kompaniyalarini
boshqarish” magistratura mutaxassisligiga o‘qishga qabul qilinayotgan tinglovichlar
quyidagi bazaviy mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab
qilinadi.