45
yurituvchi sub’ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo`ladi.
Bu yerda mulkdor-monopolistning renta – o`ziga tegishli resurslardan daromad
olish huquqiga duch kelamiz.
Mulk-imtiyoz aholining ma’lum qismi peshona terisi bilan o`zining
tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo`lishi uchun imkoniyat, ya’ni
fan, san’at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi.
Ishlab chiqaruvchi.
Xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab
chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o`z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab
chiqarishdan iborat. Ko`plab xo`jalik yurituvchi sub’ektlar shaxsiy maqsadlariga
erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik missiyaning amalga oshishi
– jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo`ladi.
3.
Mulk-korxona.
Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan
bo`linishiga dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy
huquqi hisoblangan mahsulotga bo`lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining
mulkdori – xo`jayinga o`tadi.
Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro`ga
asoslangan hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo
bo`lishi bilan birga yollanma xodim va xo`jayin, ishlab chiqarish vositalariga
bo`lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o`zining mehnat qobiliyatini sotishga
majbur bo`lgan iqtisodiy agent hamda xo`jalikning yangi xili – korxonani tashkil
etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo`ladi.
Xo`jayin.
Xo`jayinning shaxsiy maqsadi - qo`shimcha qiymatni olish uni
iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi narsalarni joriy
etishga undaydi. Xo`jayin o`ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – iqtisodiy
faoliyatni ratsionalashtirish egasiga aylanadi.
Yollanma xodim.
Xodim – bu faqat o`zining mehnat qilish qobiliyati uning
huquqining ob’ekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu qobiliyat, so`zsiz,
uning o`ziga tegishli, ya’ni xodimning o`zi kimningdir huquqlarining ob’ekti
hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash huquqini qo`lga kiritadi va b) o`z faoliyatining
mahsulotlariga bo`lgan huquqni yo`qotadi. Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi
mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: