44
8.
Totalitar mulkchilikka
sobiq SSSRda mavjud bo`lgan «davlat
mulkchiligi» instituti yaqqol misol bo`ladi.
Totalitar mulkchilikka mos keluvchi rejali-taqsimlash iqtisodiyotida xo`jalik
yurituvchi sub’ektlar o`zlariga biriktirilgan mol-mulkka faqat
amalda egalik
qilishadi va o`zlari ishlab chiqargan mahsulotning ham, uni sotishdan olingan
mablag`larning ham egasi hisoblanmaydi. Totalitar mulkchilikning asosiy
xususiyatlari:
·
hokimiyat va mulkning ajratilmasligi;
·
ishlab chiqarish vositalariga
davlat monopoliyasi;
·
mehnat sharoitlarining xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida
markazlashgan tarzda qayta taqsimlanishi;
·
ishlab chiqaruvchining o`zi yetishtirgan mahsulot va uni sotishdan
olinadigan daromadni tasarruf etish huquqidan mahrum etilishi;
·
mehnat sharoitlarini markazlashgan
rejalashtirish mexanizmi
yordamida takroriy yaratish.
9. Byurokratiya mulkchiligi ko`p pag`onali mulkchilik rivojlanishining
tabiiy mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish emas, balki qayta taqsimlash katta
pullarni paydo qiladi. Uning asosiy xususiyatari:
a) mulkchilik huquqlarini himoya qilishning
samarali tizimi mavjud
emasligi;
b) resurslar va mahsulotlarni qayta taqsimlash jarayonida amaldorlar
ishtirokining qonunchilikda belgilangan imkoniyati;
v) narxlar va tariflarning byurokratik tartibga solinishi;
g) xufyona
iqtisodiyotning katta ulushi;
d) mehnat sharoitlarini takror yaratish samarali mexanizmining mavjud
emasligi.
Hokimiyat va mulkning ajralmasligining rasmana tan olinishi bilan
xususiy mulkchilik huquqini buzmasdan qolmaydi. Noiqtisodiy majburlashga
asoslangan hokimiyat mulkdorning erkin irodasiga qaraganda iqtisodiy hayotning
muhim omili hisoblanadi. Hokimiyat tuzilmalarida ishtirok
etish orqali beriladigan
imkoniyatlar xo`jalik faoliyatidan kelib chiqadigan imkoniyatlarga qaraganda
ancha yuqori. Hokimiyaga ega bo`lgan amaldorlar shaxsiy boylikni ko`paytirish
uchun hokimiyat imkoniyatidan foydalanishadi. Lekin hokimiyat o`z egasiga
mulkdan ko`ra ko`proq narsani beradi, ularning sa’y-harakatlari birinchi navbatda
hokimiyatni saqlab qolishga yo`naltirilgan. Hokimiyatni yo`qotib, ular, odatda,
mulkni ham yo`qotishadi
.
Dostları ilə paylaş: