O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida



Yüklə 5,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/101
tarix28.11.2023
ölçüsü5,04 Kb.
#167340
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

7.1. Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida
tashkiliy tuzilmalarni amaliy tahlil qilish
Transaksiya xarajatlarini o`lchashdagi qiyinchiliklar muayyan iqtisodiy
tahlil uchun asosiy to`siqlardan biri hisoblanadi. Birinchi galda transaksiya
xarajatlari barcha xillari pul ekvivalentida baholanishi mumkinmi degan savol
ochiqligicha qolmoqda. Hatto transaksiyani amalga oshirish uchun vaqt sarfini pul
ekvivalentida ifodalashning oddiy tadbiri ham ko`plab holatlarda transaksiyaning
(masalan, muzokaralar yuritishning) u yoki bu jihatlarini ta’minlashga
ixtisoslashgan vositachilarning yo`qligi tufayli takomillashmagan. Shuningdek,
ilgari ishonchga ega bo`lgan sherikning opportunistik xatti-harakati yoki
mulkchilik huquqlarining himoyalanmaganligi munosabati bilan yuzaga keladigan
ruhiy siqilish tufayli xarajatlarni pul shaklida baholashga urinishda undanda
kattaroq murakkabliklar paydo bo`ladi.


81
Transaksiya xarajatlarini o`lchash o`tgan asr oxirida foydalilikni o`lchash
yuzasidan munozaralar jarayonida qo`yilgan muammoga o`xshash muammoni
keltirib chiqaradi:
Munozaralar chog`ida foydalilikni o`lchashning kardinal usuliga muqobil
variant sifatida J.Ejuort va I.Fisher foydalilikning turli darajalari nisbatini aniqlash
va ularning mutlaq miqdorini baholashga nisbatan da’volardan bosh tortishdan
iborat bo`lgan ordinalistik yondashuvni taklif etishdi. Transaksiya xarajatlari
nazariyasi ham ushbu yo`nalishda rivojlanmoqda. Iqtisodiy tashkilotlarni qiyosiy
tahlil qilishda hech qachon alohida olingan tashkiliy shakllar tadqiq etilmaydi, ular
faqat mavjud muqobil variantlarga nisbatan ko`rib chiqiladi.
Turli shartnomalarda va tashkiliy kontekstlarda yuzaga keladigan
transaksiya xarajatlarini taqqoslash ularning miqdorini
ekspertiza yo`li bilan
baholash
orqali chegaralash imkonini beradi. Turli variantlarga aniqliklarkiritish
transaksiya xarajatlarini pul shaklida o`lchashning takomillashmagan usullaridan
bosh tortish imkonini beradi. U holda muayyan bitimni amalga oshirishning
optimal shaklini tanlash algoritmi ikkita bosqichni o`z ichiga oladi. Birinchi
bosqichda turli xildagi: klassik, neoklassik va implitsit shartnomalardan
foydalanishda yuzaga keladigan transaksiya xarajatlari taqqoslanadi.
R
Agar, ekspert baholarga ko`ra, eng kam xarajatlar implitsit shartnomalardan
foydalanish bilan bog`liq bo`lsa, u holda ikkinchi bosqichda unitar, xolding,
multidivizional va aralash kabi muqobil tashkiliy tuzilmalar doirasida yuzaga
keladigan transaksiya xarajatlarini taqqoslash mumkin.
Agar foydalilikni sifat jihatdan funksional bog`liqlikdagi aniqlik bilan
o`lchash mumkin bo`lsa, u holda birinchi va ikkinchi hosila naflilik ma’nosini
kasb etadi; birinchi hosilaning miqdori eng yuqori naflilikning ko`rsatkichi
hisoblanadi, manfiy belgili ikkinchi hosila esa eng yuqori nafni kamaytiruvchi
qonunning amal qilishini anglatadi.

Yüklə 5,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin