92
3.
Transaksiya xarajatlari tarkibining axborot bazasi qanday hujjatlarda
mujassamlangan?
4.
Firma balansi qanday maqsadda tahlil qilinadi va bunda qanday
indekslar hisoblab chiqiladi?
5.
Kelishuvlar nima uchun zarur va ularning qanday yo`nalishlari
mavjud?
7-BOB. FIRMA NAZARIYASI
7.1. «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi
7.2. «Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
7.3. Firmaning ichki tuzilmasi
7.4. Firmalar tipologiyasi. Firmani rivojlantirish trayektoriyasi
7.5. Firmalarning asosiy xillari
7.1. «Prinsipal» va «agent» o`zaro munosabatlari muammosi
Ish beruvchida o`zining vijdonliligi to`g`risida shubha
uyg`otmagan holda, u qanday sekin ishlashi mumkinligini
aniqlash uchun o`z vaqtining katta qismini yo`qotmagan
bilimdon xodimni topish amri mahol.
F. Teylor
-
mehnatni ilmiy tashkil qilish asoschisi
Tashkilot o`lchamlarining o`sishi soni ortgan «agentlar» harakati ustidan
nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini belgilab
beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga
oshirishni istamaslik
o`rtasidagi tanlovdan iborat bo`lgan «prinsipal» dilemmasini o`yinlar
nazariyasidan quyidagi model yordamida ko`rsatamiz. «Prinsipal»ning nazorat
qilish uchun xarajatlari 1 ga teng deylik, «agent» tomonidan o`z
majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2
ga va vijdonsizlik
bilan bajarganlik holatlardagi yo`qotishlar esa –2 ga teng, deylik. «Agent»
tomonidan o`z vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan munosabatda
bo`lingan yoki «
ishdan bo`yin tovlash
» holatlari aniqlangan taqdirda, u mukofot
olish huquqidan mahrum bo`lishini
hisobga olgan holda, «prinsipal» bilan
«agent»ning o`zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan izohlanadi:
Dostları ilə paylaş: