103
unda almashiladigan resurslar – boshqaruv ko`nikmalari va iqtidorlar o`ziga
xosligining yuqori darajasi tufayli, kam samarali hisoblanadi.
Ikkala muqobil variant - «ovoz berish» ham, «chiqish» ham o`zining qator
kamchiliklariga ega. Ovoz berish aksiyalarning kichik paketlari egalari uchun
«chiptasiz muammosi»ni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, aksiyadorlar
yig`ilishning kun tartibini menejerlarning o`zlari nazorat qilishadi. Muvaffaqiyatsiz
boshqarilayotgan firma aksiyalarining sotilishi esa hamma vaqt aksiyalarning
pasaytirilgan kursi tufayli mulkdorlarga zarar keltiradi.
«Ovoz berish» borasidagi ahvolni ishonchli ovoz berish amaliyoti
yordamida to`g`rilash mumkin, bunda kichik paketlar mulkdorlari o`z nomidan
ovoz berishni yirikroq paketlar mulkdorlariga ishonib topshiradilar. «Chiqish»
variantidan foydalanishni esa aksiyalarning birlashtirilgan paketlari oldi-sotdisiga
tender takliflaridan foydalanish orqali optimallashtirish mumkin.
Menejerlar bilan xodimlarning o`zaro munosabatlarida «prinsipal-agent»
muammosining hal etilishi
fordizm
– Buyuk qatag`onlik davrida Genri Ford
tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi.
Menejerlar bilan yollanma xodimlarning o`zaro munosabatlari siyosati sifatida
fordizmning asosiy unsurlari quyidagilardan iborat:
-
narxlarning o`sishiga qarab ish haqining indeksatsiyalanishini o`z ichiga
oluvchi mehnatga haq to`lashning yuqori darajasi;
-
qat’iy ishlab chiqarish intizomi, bunda mashina (masalan, konveyer)
xodimning harakatlari ustidan nazorat qilish vositasi rolini o`ynaydi;
-
kasaba uyushmalari ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o`rtasidagi
nizoli munosabatlarda vositachi rolini bajarishadi;
-
bir tarmoqning o`ziga qarashli korxonalarda (masalan, «Ford» va
«General Motors» o`rtasida) kadrlar rotatsiyasining yuqori darajasi.
Va nihoyat,
A
firmaning ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi
transaksiya xarajatlarini pasaytirish vazifasiga to`liq buysungan. «Integratsiya –
orqaga, oldinga va kombinatsiyalash – muqobil maqsadlarga qaraganda ko`proq
transaksiya xarajatlarini pasaytirish maqsadlari bilan bog`liq. Yetkazib beruvchilar,
xaridorlar, shuningdek ular bilan tuziladigan shartnomaning xilini tanlash
firmaning shu onda bozorda yuzaga kelgan transaksiya xarajatlarining darajasini
pasaytirishga intilishini aks ettiradi. Masalan, go`sht mahsulotini tashish uchun
refrijerator texnika bilan ta’minlashga katta miqdordagi investitsiyalar zarurligi
bois, ko`pincha go`shtni qayta ishlovchi korxonalar tashish masalasini
refrijeratorlar parkini xarid qilgan holda, pudrat asosida hal etishadi.
Dostları ilə paylaş: