101
-
xatarga moyillik darajasi (mamlakat aholisining umumiy sonida xatarga
nisbatan betaraf bo`lgan insonlar ulushi);
-
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning umumiy darajasiga bog`liq bo`lgan
bitimlarning murakkablik darajasi;
-
qonundan foydalanish narxi va xufyonalik narxining nisbati.
Tashkiliy rivojlanish milliy trayektoriyasining farqlari nafaqat tuzilmalarga –
unitar, xolding yoki multidivizional, – balki ularning maqsadli funksiyasiga,
korxonaning yetkazib beruvchilar, iste’molchilar va yollanma xodimlar bilan
munosabatlardagi xatti-harakatiga, shuningdek korxona faoliyat ko`rsatishining
ko`plab boshqa parametrlariga taalluqli. Endi korxonalarning bir necha ideal
xillarini yoritishga harakat qilamiz: buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi
korxona (
B
korxona); Amerika firmasi (
A
firma); Yaponiya firmasi (
J
firma) va
o`tish xilidagi korxona (
O`
korxona).
1. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona.
Korxonaning
ushbu xiliga nisbatan qiziqish asosan shu bilan bog`liqki, Rossiya va Sharqiy
Yevropa korxonalari katta qismining ildizi buyruqbozlik iqtisodiyotiga borib
taqaladi. Buyruqbozlik iqtisodiyotida harakat qiluvchi korxona foydani
ko`paytirishga emas, balki normal yuklamali rejani bajarishga yo`naltirilgan.
«Prinsipal» (reja organi)ning farmoyishi mutlaq xususiyatga ega emas, balki
muhokama yoki
rejali savdo
ning predmeti hisoblanadi.
Bu yerda «prinsipal» siymosi alohida tahlilni talab qiladi. Kommunistik
mafkuraga muvofiq sotsializmda o`z manfaatlarining vakili – reja organi orqali
B
korxona
faoliyati ustidan o`zining nazorat qilish huquqini amalga oshiruvchi
barcha mehnatkashlar «prinsipal» bo`lib hisoblanardi.
Lekin nazorat qilishning samarali mexanizmlari faqat reja organi bilan
korxona direksiyasi o`rtasida hamda korxona direksiyasi bilan uning xodimlari
o`rtasidagi munosabatlarda yuzaga kelar edi. Ishlab chiqarish topshiriqlarini
bajarishdagi qat’iy intizomiga nazorat qilishning uchta mexanizmi – partiya
(partiya tashkilotlari orqali), xo`jalik (vazirliklar va idoralar orqali) va kengash
(Xalq deputatlari kengashining ijroiya organlari orqali) mexanizmlari orqali
erishildi. Reja organlarining mehnatkashlar tomonidan nazorat qilinishi
mexanizmlari esa mavjud emas edi, buning oqibatida mehnatkashlar «prinsipal»
sifatida o`z manfaatlarini amalga oshira olmas edi. Shuning uchun reja organi
amalda «agent»dan yagona «prinsipal»ga aylandi: nazoratsiz byurokratik apparat
o`z manfaatlarini umuman jamiyat manfaatlari bilan moslashtirish imkoniyatiga
ega bo`ldi. Keltirilgan dalillarga asoslangan holda
B korxona
ni unitar tashkilot,
ya’ni vazirlik yoki idoraning bo`linmasi sifatida ta’riflash mumkin.
Ushbu savdoda korxonaning ovozi ruxsatning yuqori
chegarasi, normadan tepaga chiqish haqida ogohlantiradi, yuqori
turuvchi organning ovozi esa ruxsatning quyi chegarasi, normadan
quyiga og`ish haqida eslatadi».
Dostları ilə paylaş: