Mavzuningdolzarbligi.O’zbek milliy ongi,tafakkuri,dunyoqarashi,adabiy tili,adabiyoti va madaniyatining shakllanishi va taraqqiy etishida badiiy adabiyotning o’rni beqiyosdir.Chunki abadiy tilning rivoji uchun badiiy adabiyot tili eng boy manbaa bo’lib xizmat qiladi.
Adabiy tilning badiiy mukammallikka, milliy xarakterlar yaratishdagi o’ziga xoslikka erishishida so’z san’atkorlarining mashaqqatli xizmatlarini
4Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi O`zbek adabiy tili.Toshkent: 2009. 83-bet.
alohida takidlash lozim.SHu bois ularning asarlari va uslubini lingvistik jihatdan o’rganish bugungi kunda muhim ahamiyatga ega. Zero,”o’zlikni anglash,milliy ong va tafakkur ifodasi, avlodlar o’rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog’liqlik til orqali namoyon bo’ladi”.Buyuk marifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy so’zlari bilan aytganda”har bir millatning dunyoga borlig’ini ko’rsatadurg’on oinai hayoti til va adabiyotdur.Milliy tilni yo’qotmak millatning ruhini yo’qotmakdur”5 Sharq uyg’onish davrining eng yirik siymolaridan biri,xalq tilining yirik bilimdoni,buyuk adib Yusuf Xos Hojib asarlari bugungi kun, ma’naviy tuyg’ularini yuksaltirishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Adibning bizga qoldirgan”Qutadg’u bilig” asari XI asrda yaratilgan bo’lsa- da bugungi kunda ham hayotiy ahamiyatini yo’qotmagan.Yusuf Xos Hojibning ona tiliga bo’lgan munosabati, uning boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi adibning “Qutadg’u bilig”asarida yaqqol namoyon bo’ladi.Bundan tashqari o’zbek tilining jozibasi, ohangdorligi,ifodaliligi,tasirchanligi turfa lingvistik vositalar yordamida tasvirlab berilgan.Xususan adib “Qutadg’u bilig”tilining badiiyatini taminlovchi leksik-stilistik vositalardan mahorat bilan foydalanganligi kishini lol qoldiradi.Mana shu sababli o’zbek xalqi ajdodlari qoldirgan bunday bebaho asarlarni doimo ardoqlab kelgan.
Turkiy tilni leksik boyligidan yuqori darajada xabardor bo’lgan Yusuf Xos Hojib ularni o’z o’rnida qo’llash borasida ham mohir edi.Ijodkorning so’z qo’llash uslubi,o’ziga xosligi, mahorati kabi jihatlar muayyan darajada bugungacha qaysidir yo’nalishda o’rganilgan bo’lsada, biroq “Qutadg’u bilig“ asari tilining badiiyatini taminlovchi leksik vositalar, asar tili leksikasi to’lig’icha mukammal tadqiq qilinmagan.Shu boisYusuf Xos Hojibga xos ko’p ma’noli so’zlarning ma’no
5Karimov I.A. yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. Toshkent:”Ma’naviyat”, 2008 y.38-bet.
xususiyatlari:sinonim,antonym,omonim, so’zlarning asarda qo’llanishi kabi masalalar tadqiqodning dolzarbligini belgilaydi.