Tadqiqot ob’yekti.Tadqiqot vazifalari va tahlil uslubi taqozosiga ko`ra ishda quyidagi asosiy manbalarga tayandik: leksikologiyaga doir turli ilmiy adabiyotlar, darsliklar, qo`llanmalar, maqolalar hamda internet ma`lumotlaridan foydalandik. O’rni bilan qiyosiy tahlil uchun Mahmud Qoshg’ariyning “Devoni lug’otit turk” asariga murojaat qilindi. Adib asarlarida qo’llangan tarixiy leksemalarning badiiylikka xizmat qilishini leksik aspektda tadqiq etish tadqiqod predmeti bo’lib xizmat qildi. Shuningdek,adibning quyidagi asarlari ham manba vazifasini o’tadi:
Y.X.Hojib. Qutadg’u bilig. Internet.WWW. ziyouz. com kutubxonasi.
Y.X.Hojib.Qutadg’u bilig. Toshkent : «Yuluzcha »,1990-y.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
-Yusuf Xos Hojib asari tilining leksikxususiyatlari tahlil qilindi;
-leksikologiyaning shakl va mazmun kategoriyasi belgilandi:individuallik leksikologyaining asosiy tamoyillaridan biri sifatida ko’rsatildi;
-o’z va o’zlashgan qatlam so’zlarining badiiy obrazlilik qimmati ko’rsatildi;
-sinonim so’zlarning ma’no qirralari, antonim sozlarning badiiy xususiyatlari, ko’p ma’noli so’zlarning va ma’no ko’chirish turlarining go’zal namunalari asar misolida ko’rsatib berildi;
-asardagi leksemalarning tasviriyligi, estetik ta’sirchanligi isbotlandi.
Tadqiqotning metodologik asoslari va tadqiq usullari. Prezidentimiz I.A.Karimovning milliymafkura, madaniy qadriyat,milliy tilimizga doir nazariy qarashlari va yirik tilshunos olimlarning ilmiy ishlari ushbu Magistrlik dissertatsiyasining metodologik asosini tashkil etadi. Asosan,semantik-stilistik, komponent tahlil,tavsiflash, qiyoslash,lingvopoetik tahlil usullaridan foydalanildi. Tadqiqodda o’zbek tilshunoslaridan N.Rahmonov, Q.Sodiqov, Sh.Shoabduraxmonov, Sh.Rahmatullayev, U.Tursunov, X.Doniyorov,R.Qo’ng’irov, G’Abdurahmonov, B.O’rinboyev, M.Mirzayev T.Rasulov, S.Tursunovlarning nazariy tadqiqotlari, darslik hamda o’quv qo’llanmalariga asos sifatida tayanildi.
Dostları ilə paylaş: |