Oting qolar bo’lsa, mahgulik shudir. (Qutadg’u bilig.14-bet ) Va
Shu o’ylar bilan Oyto’ldi otini mindi…. (Qutadg’u bilig.21-bet )
Shakldosh bo’lib kelgan dastlabki gapdagi “ot” “kishining shaxsiy ismi, nom” ni va keyingi jumladagi “ot” esa “yakka tuyoqlilarga mansub yirik ish-ulov hayvoni” ni bildirib kelmoqda.
Oyto’ldining yakka-yu yagona farzandi bo’lib, uning ismi O’gdulmish edi. O’gdulmish bu paytda juda ham yosh edi. U o’g’lini yoniga chaqirib, ko’zlaridan duv-duv yosh to’kdi.
(Qutadg’u bilig. 84-bet)
Yosh leksemasi ot so’z turkumiga oid omonim so’z bo’lib, mazkur o’rinlarda “qattiq o’g’riq, qayg’u yoki kuchli sevinch-shodlik va shu kabilar natijasida ko’z bezlaridan ajralib chiqadigan tiniq suyuqlik” va “tug’ilgan yillaridan boshlab yashab o’tkazilgan yillar jami, umr uzoqligi”(O’.T.I.L I tom. 264-bet)ma’nolarini bildiradi. Ushbu o’rinlarda adib shakldosh so’zlarni qo’llash bilan ma’noda noziklikni ta’minlagan va leksemalardagi shakl go’zalligiga ham e’tibor bergan.
Xizmatiga qarab xazinangni och,
Yupunlar kiyinsin, to’yib olsin och.
(Qutadg’u bilig. 63-bet)
Dastlabki misaradagi och shakldosh-omonim so’zi fe’l so’z turkumiga tegishli bo’lib, “o’ralgan, qoplangan, panalangan yoki ko’milgan narsalarni bekitib, o’rab, qoplab turgan narsalardan, olish-qo’yish yo’lini og’zini bekitib turgan tiqin, qopqoq, qulf va shu kabilarni surib qo’ymoq yoki olib tashlamoq”(O’.T.I.L I tom553-bet) ma’nosini anglatsa keyingi misradagi och leksemasi esa “qornida, medasida ovqat qolmagan, ochiqib ovqat tusab qolgan, ochiqqan” (O’.T.I.L I tom. 551-bet)ma’nosini bildiradi. Bu shakldoshlar baytda mazmundorlikni oshiruvchi vosita bo’lib, adibning so’z qo’llash mahoratini namoyon etib kelmoqda.
Bo’z yerning yuzini misday qizil qil,
Yam-yashi o’t o’ssin ham qirmizi gul.
(Qutadg’u bilig. 145-bet)
va
Uchi o’t, uchi suv, uchtasi havo,
Uchi xok; shulardan paydo bu ma’vo.
(Qutadg’u bilig. 146-bet)
Dostları ilə paylaş: |