Maqtov- “maqtab aytilgan yoki yozilgan so’z, gap”(O’TIL Itom.457-bet), so’kishesa “yomon so’zlar bilan urishmoq, haqorat qilmoq” (O’TIL IItom.96-bet)dir. Mazkur leksemalar bir gapning o’zida kelib, ma’nosini yaqqol ochib berishga xizmat qilmoqda va bu qarama-qarshi tushunchalar orqali chuqurroq, kengroq fikr yuritishga undaydi.
Donishmandlar kuzatishi shunday hikmatni yuzaga keltirgan:odam qahrlansa bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa aql ketadi…
(“Qutadg‘u bilig” 22-bet)
Jahl–“nojo’yahatti-harakatdan,gapdanyokivoqea-hodisadanranjish,achchiqlanish,g’azablanishtuyg’usi;achchiq,g’azab. “(O’TIL.I.275-bet) ma’nosini bildirib, aql so’zi bilan leksik antonimlikni yuzaga keltirmoqda. Aqlleksemasi esa “odamning bilish, fikr yuritish qobiliyati; zakovat darajasi;es-hush”(O’TIL.I.67-bet) semalarini anglatadi.
Leksik antonimiya og’zaki nutqda ham, yozma nutqda ham juda ko’p qo’llanadigan hodisadir. Buni “Qutadg’u bilig” asari misolida ham ko’rish mumkin:
Og’izdan goho o’t, goho suvchiqar.
Yashnatarbirisi, birisi yiqar.
(“Qutadg‘u bilig” 60-bet)
(O’t-suv)(Yashnatar-yiqar) so’zlari asli antonym so’zlar emas. Sababi, ushbu so’zlar nutqdan tashqarida o’zaro antonimlikni hosil qilmaydi Mazkur o’rindaesa bu so’zlar ijodkor talabiga ko’ra antonimlik munosabatiga kirishtirilgan va
kontekstual antonimiyani hosil qilgan.. Chunki, o’t leksemasi ”otash,olov”(O’TIL.II.517-bet)ni, suv esa “vodorodvakislorodningkimyoviy birikmasidan tashkil topgan tuzsiz, shaffof suyuqlik”(O’TIL.II.79-bet) ma’nosini bildiradi.Yashnatar- “barquribo’smoq,gullamoq,guliochilmoq;(ko’chma) yayramoq, o’zini baxtiyor his etmoq” (O’TIL.II.491-bet)ma’nosini, yiqar- “kuchbilan qulatmoq, ag’darmoq”(O’TIL.I.350-bet) ma’nosini bildiradi. Bu leksemalardagi o’zini baxtiyor his etmoq semasi bilanqulatmoq semasi o’zaro antonimlikni yuzaga keltirgan. Bu adibning so`zdan o`rinli foydalanish mahoratining yana bir qirrasidan dalolat beradi.
Kontekstual antonimlar hosil qilishning asosiy sababi leksemalardagi zid semalardir. Har qanday so`z ham matnda kontekstda antonim bo`la olmaydi.
Leksik antonimiyada bo`lgani kabi kontekstual antonimlarda ham bir-biriga zid semalar bo`lishi shart.
Shirin so’zga hamma-kattaham, kichikham eriydi.