Yaruq–yorug’ holatga kel ma’nosini anglatgan yaru- fe’lidan ot yasovchi –q qo’shimchasi bilan yasalgan. Keyinchalik q undoshi g’ undoshiga, o’zbek tilida a unlisi a^ unlisiga almashgan: yaru+q=yaruq>yarug’>ya^rug’.
Udug’luq, bu saqliqni o’gdi eran. O’sallik bila o’ldi er ming tuman.
O’sal bo’lma,saqlan qamug’ ishda san, O’sayuq yarutti ekaguda san.
***
Tetiklik va soqlik- bu maqtov ishi. G’ofillikdan o’ldi tuman ming kishi. G’ofil bo’lma, soq bo’l jami ishda san. G’ofil ikki olamda sarson boshi.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Tuman-“o’n ming” ma’nosini bildiradi.Qadimgi turkiy tilde ham shunday miqdorni bildirgan bu so’z asli to”ma”n tarzida talaffuz qilingan. O’zbek tilida o’ unlisining yumshoqlik belgisi yo’qolgan: to”ma”n>tuma”n.
O’Z QATLAM VA O’ZLASHGAN QATLAM SO’ZLARI
Hozirgi o`zbek adabiy tilining lug`at boyligi o`zbek tilining butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan hodisadir. Undagi so`zlarning paydo bo`lish davri va kelib chiqish manbai ham har xildir.
Umuman, har qanday til o`z lug`at boyligi va grammatik qurilishiga ega bo`ladi. Lekin xalqlar o`rtasidagi uzoq tarixiy davrlar mobaynida davom etadigan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar bu xalqlarning tillariga ham shubhasiz, o`z ta`sirini ko`rsatadi. Natijada bir tilga xos fonetik, leksik va boshqa elementlar ikkinchi bir tilga o`tib, o`zlashib ketadi. Bunday o`zaro ta`sir etish , ayniqsa leksikada kuchli bo`ladi.
O`zbek xalqi ham, o`z tarixiy davrlarida boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, ma- daniy, siyosiy aloqada bo`lganlar va bu xalqlarning tili o`zbek tiliga ma`lum dara- jada o`z ta`sirini qoldirgan. Xususan, boshqa tillardan o`zbek tiliga ko`plab so`zlar o`zlashganini shu ta`sir bilan izohlash mumkin. Natijada o`zbek tili lug`at xazina- sida leksik qatlam ham yuzaga kelgan.13
O`z qatlam – o`zbek tili leksikasining umumturkiy so`zlar va sof o`zbek so`zlaridan iborat qismlari.
Sof o`zbek tili leksikasi qatlamiga o`zbek tilining mustaqil til bo`lib shakl- langan davrdan to bugunga qadar yasalgan so`zlar kiradi. Bu so`zlar faqat o`zbek tilining o`zida paydo bo`lganligi sababli umumturkiy hamda o`zlashma so`zlardan farqlanadi. O`zbekcha so`zlar o`zga tillardan olinmay, o`zbek tilining o`z ichki manbalari asosida yuzaga kelgan.14
13Shoabdurahmonov Sh va boshqalar. Hozirgi o`zbek adabiy tili.Toshkent:1980
14Jalilova N.O`z qatlam asosida qon-qarindoshlik atamalarining shakllanishi”Til va adabiyot ta`limi” jurnali.2009: 1- son.60-bet.
Umumturkiy so`zlar o`zbek tili leksikasining eng qadimgi lug`aviy birliklaridir. Ularning aksariyati hozirgi qozoq, qirg`iz, turkman, ozarbayjon tillarida ham saqlangan;
Sof o`zbek tillari – o`zbek tilining o`zida yasalgan leksemalardir. Ular o`z qatlamning ikkinchi qismini tashkil qiladi. Bunday yasalishning quyidagi turlari bor: a) semantik usul – ma`no taraqqiyoti mahsuli sifatida yangi leksemaning yuzaga kelishi: ko`k –rang, ko`k- osmon kabi; b) affiksatsiya usuli – bunda o`zak va affikslar turli til materiallari bo`lishi mumkin, ammo ularning qo`shilishi o`zbek tili tarkibida yuz beradi, o`zbek tilinig so`z yasash qoliplariga asoslanadi, shu sababli bunday yasama so`zlar o`zbek tilining o`z qatlami birligi sanaladi.Masalan, jang- (fors-tojik) + chi (o`zbek) =jangchi (0`zbek).
O`zlashgan qatlam – o`zbek tili leksikasining boshqa tillardan o`zlashtirilgan leksemalardan iborat qismi. Bu qismga arab, fors-tojik, rus va boshqa tillardan so`z o`zlashtiriladi.
Yusuf Xos Hojibdaning “Qutadg’u bilig” asarida qo`llangan so`zlarni tadqiq qilishdan ko`zlangan asosiy maqsad adibning leksika sohasida tutgan yo`lini belgilash barobarida XI asr oxirlaridagi o`zbek tili leksikasining ma`lum bir jihat va xususiyatlariga hamda holatiga ayrim oydinliklar ham kiritib o`tishdan iborat.
Tuman tu chechaklar yazildi kula Yipar to’ldi, kafur ajun yid bila.
Saba yali qo’pti qaranfil yidin,
Ajun barcha butru yipar burdi kin.
***
Tuman xil chechaklar ochildi kula Jahon to’ldi kofur, ipor hid bila. Saboyelida purkar is chinni gul, Olamni muattar qilar mushk nuqul.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Ushbu o’rindagi sabo( صباء ), leksemalari o’zbek tiliga arab tili leksikasidan o’zlashgan bo’lib, sabo- “saboh-sharqiy shamol; yoshlik” kabi ma’nolarni anglatgan(O’TIL.III.410-bet).Mazkur leksemani qo’llash bilan adib baytga o’zgacha bir zojiba, badiiylik baxsh etmoqda adibning naqadar keng falsafiy tafakkur egasi ekanligini namoyon qilmoqda.
Hozirgi o`zbek tili leksikasida arab tilidan o`zlashtirilgan leksemalarining ko`pchiligi ot, sifat va ravish turkumiga mansubdir. Arab tilidan so`z o`zlashtirilishi o`tmishda faol bo`lgan, hozir esa bu jarayon deyarli to`xtagan.15
Tili yolg’on erning jafaqilqi ul, Jafa kimda ersa asha yilqi ul.
Kishi yalg’anindin tilama vafa,
Bu bir so’z sinamish o’gush yilqi ul.
***
Tili yolg’on erning jafoxulqidir, Jafo kimda bo’lsa osha yilqidur. Kishi yolg’onidanvafo kutmagin, Bu so’z sinalgan talay yilgidir.
(www.ziyouz.com kutubxonasi )
Antonim so’z hisoblangan vafo-jafo so’zlari arab tilidan o’zlashgan leksemalar bo’lib,Vafo-(وؤا)“yorga,do’stga, yaqin kishilarga sadoqat;o’z ahd- paymonini muqaddas tutish,so’zda, va’dada qat’iy turish,”(O’TIL.I.174-bet) ma’nosini, jafo( جؤا)so’zi esa “ma’naviy, ruhiy va jismoniy ezilish,azob uqubat kulfat”(O’til.I.275-bet) ma’nolarini anglatadi. Usbu ikki zid tushunchalar bir bandning o’zida kelib ma’zmunga o’zgacha bir mohiyat kasb etmoqda va kitobxonni chuqurroq mushohadaga chorlamoqda.
“Qutadg’u bilig” asarida ijodkor o`zlashgan so`zlarni qo`llar ekan, u juda ko`p omil va xususiyatlarni hisobga olilshga harakat qilgan: qo`llanayotgan
15Jamolxonov H. Hozirgi o`zbek adabiy tili.Toshkent: “To`lqin”,2005.190-bet.
o`zlashma so`z ma`no mazmuni keng, xalq ommasi uchun to`la va aniq, tushunarli bo`lishi kerak; qo`llanayotgan o`zlashma so`z xalqning ongiga chuqur singgan bo`lishi; uning yot unsur ekanligi bilinmasligi kerak; o`zlashgan so`z xalqning jonli so`zlashuv uslubida qo`llanishi lozim.
O’gdulmish uquv-idrokning nomi. U kishini ulug’laydi. Bo’lagi O’zg’urmishdir. Uni ofiyat dedim.
(Qutadg’u bilig.20-bet)
Dostları ilə paylaş: |