19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
60/78
18. Karantin ruxsatnomasi maxsus raqamlangan, himoyalangan holatda mazkur Nizomga
3-
ilovaga
muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
Karantin ruxsatnomasi berilgan kundan boshlab 30 kungacha amal qiladi.
19. Quyidagilar karantin ruxsatnomasini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
karantin ruxsatnomasi berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning ariza beruvchilar tomonidan
to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
ariza beruvchilarning ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
ariza beruvchilar tomonidan taqdim etilgan arizada noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan
ma’lumotlarning mavjudligi;
o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari
bo‘yicha asoslantirilgan salbiy xulosa olinganligi.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa holatlarda karantin ruxsatnomasi berishni rad
etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
20. Karantin ruxsatnomasini berishning rad etilganligi haqidagi xabarnoma ariza beruvchiga
yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va ariza beruvchi
ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin
bo‘lgan muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Ariza beruvchi rad etish sabablarini
bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat
ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish
kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
21. Ariza beruvchi karantin ruxsatnomasini berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni
belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlar takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnoma berish
yoki uni berishni rad etish ariza beruvchidan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi
tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan takroran ko‘rib
chiqiladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
22. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon
qilinmagan rad etish sabablarining Agentlik tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari
ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining
keltirilishi bundan mustasno.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
23. Karantin ruxsatnomasini berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat
o‘tgandan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va
Agentlik tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
24. Ariza beruvchi karantin ruxsatnomasini berishning rad etilganligi, shuningdek Agentlik
mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat
qilish huquqiga ega.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Dostları ilə paylaş: