O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. Karantin ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

4-bob. Karantin ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va
dublikatini berish
Oldingi
 tahrirga qarang.
25. Karantin ruxsatnomasining amal qilish muddati tugagach, u yuridik va jismoniy
shaxslarning arizasiga ko‘ra uzaytiriladi. Karantin ruxsatnomasining amal qilish muddatini


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
61/78
uzaytirish haqidagi ariza Agentlikka mazkur hujjatning amal qilish muddati tugaguniga qadar
topshirilishi kerak. Karantin ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish yig‘im undirilmagan
holda amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
26. Karantin ruxsatnomasini olgan yuridik shaxs qayta ro‘yxatdan o‘tganda, uning nomi yoki
joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, yetti ish kuni davomida Agentlikka karantin
ruxsatnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi
hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
27. Karantin ruxsatnomasini olgan jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida
berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi
o‘zgargan taqdirda yetti ish kuni davomida Agentlikka karantin ruxsatnomasini qayta
rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan
holda topshirishi shart.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
28. Karantin ruxsatnomasi qayta rasmiylashtirilguniga qadar, uni qayta rasmiylashtirish
to‘g‘risida ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning huquqiy vorisi (merosxo‘ri) karantin
ruxsatnomasini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida
Agentlikning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni amalga
oshiradi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
29. Karantin ruxsatnomasi qayta rasmiylashtirilganda Agentlik tomonidan Karantin
ruxsatnomalari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Karantin ruxsatnomasini qayta
rasmiylashtirish arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda Agentlik tomonidan qabul qilib
olingan kundan e’tiboran besh ish kuni davomida amalga oshiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
30. Karantin ruxsatnomasini qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilarning karantin
ruxsatnomasini berish to‘g‘risidagi arizasi Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilganda va karantin
ruxsatnomasi qayta rasmiylashtirib berilganda mazkur Nizomning 
15-bandida 
nazarda tutilgan
summaning yarim miqdorida yig‘im undiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
31. Inspeksiya karantin ruxsatnomasi yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, yig‘im
to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan ortiq bo‘lmagan
muddatda karantin ruxsatnomasining dublikatini berishi shart. Agentlik tomonidan karantin
ruxsatnomasining dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida
yig‘im undiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin