O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar uchun karantin ruxsatnomasini berish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur Nizom o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarga karantin ruxsatnomasini
berish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
eksport qiluvchi mamlakat — o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni O‘zbekiston
Respublikasiga olib kirish yoki uning hududidan tranzit tarzida olib o‘tilishi uchun xalqaro
fitosanitar talablar asosida yuborayotgan mamlakat;
fitosanitar talablar — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar
uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotga, uni olib kirishga,
ishlab chiqarishga, qayta ishlashga, saqlashga, tashishga, sotishga, yo‘q qilishga va o‘simliklar
karantini obyektlariga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang. karantin ruxsatnomasi — o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni belgilangan
tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yoki hududidan tranzit tarzida olib
o‘tilishiga O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda —
Agentlik) tomonidan ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15- dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166- son) Oldingi tahrirga qarang. 3. Karantin ruxsatnomasi Agentlik tomonidan beriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)