O‘zbekiston respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘G‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida


-bob. Fitosanitariya sertifikatlarini qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/63
tarix14.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#177868
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63
65-сон 29.01.2018. pdf

4-bob. Fitosanitariya sertifikatlarini qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
(4-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-yanvardagi 32-sonli
qarori 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2021-y., 09/21/32/0058-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
25. Fitosanitar sertifikatini olgan yuridik shaxs qayta ro‘yxatdan o‘tganda, uning nomi yoki
joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, yetti ish kuni davomida tegishli hududiy
boshqarmaga fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan
ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
26. Fitosanitar sertifikatini olgan jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida
berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi
o‘zgargan taqdirda yetti ish kuni davomida tegishli hududiy boshqarmaga fitosanitar sertifikatini
qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani, ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova
qilgan holda topshirishi shart.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
27. Fitosanitar sertifikati qayta rasmiylashtirilguniga qadar, uni qayta rasmiylashtirish
to‘g‘risida ariza bergan yuridik va jismoniy shaxslar yoki ularning huquqiy vorisi (merosxo‘ri)
fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida
tegishli hududiy boshqarmaning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki)
faoliyatni amalga oshiradi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
28. Fitosanitar sertifikati qayta rasmiylashtirilganda tegishli hududiy boshqarma tomonidan
fitosanitar sertifikatlari reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Fitosanitar sertifikatini qayta
rasmiylashtirish arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda hududiy boshqarma tomonidan qabul
qilib olingan ish kuni davomida amalga oshiriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
29. Fitosanitar sertifikatini qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilarning fitosanitar
sertifikatini berish to‘g‘risidagi arizasi hududiy boshqarma tomonidan ko‘rib chiqilganda va
fitosanitar sertifikati qayta rasmiylashtirib berilganda mazkur Nizomning 
15-bandida 
nazarda
tutilgan summaning yarim miqdorida yig‘im undiriladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
30. Hududiy boshqarmalar fitosanitar sertifikati yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan
taqdirda, yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat olingan kundan e’tiboran bir ish kunidan ko‘p


19.02.2022, 13:11
65-сон 29.01.2018. O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va O‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi …
https://lex.uz/docs/-3540097
73/78
bo‘lmagan muddatda fitosanitar sertifikatining dublikatini berishi shart. Hududiy boshqarmalar
tomonidan fitosanitar sertifikatining dublikatini berganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10
foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
(30-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-dekabrdagi 752-sonli 
qarori
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin