O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a b. N. Sirliyev a. A. Beknazarov



Yüklə 325,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/58
tarix03.06.2023
ölçüsü325,56 Kb.
#124436
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

liklardan qochish motivi borOdamlar ham u yoki bu faoliyatga 
kirishishda qaysi motivni mo‘ljallashlariga qarab farqlanadi. Masalan, 
faqat muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan 
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham, yutuqqa erishish 
ular uchun oliy maqsad hisoblanadi. Ular hali ishni boshlamay turib, 
yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirsa, odamlar ularning 
barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladilar. Bu yo‘lda ular nafaqat 
o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki barcha imkoniyatlar – tanish-
bilishlar, mablag‘ kabi omillardan ham foydalanadilar. 
Boshqa xulq-atvorni muvaffaqiyatsizlikdan qochish motiviga ta-
yangan shaxslarda kuzatish mumkin. Masalan, ular birinchilardan 
farqli o‘laroq, ishni boshlashdan avval nima bo‘lsa ham, muvaffaqi-
yatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar. Shu tufayli, ularda ko‘p-
roq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga ishonmaslik, pessimizmga o‘x-
shash holat kuzatiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular 
baribir muvaffaqiyatsizlikka uchrab, «o‘zi sira omadim yurishmaydi-
gan odamman-da» degan xulosaga keladi. 
Hayvonning xatti-harakati hamisha u yoki bu ehtiyojni qondirish-
ga bevosita yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ehtiyoj hayvonni faqat faollikka 
undab qolmasdan, balki ushbu faollikning shakllarini ham belgilaydi. 
Odamning xulq-atvori esa butunlay boshqacha tarkib topgandir.
Asl ma’nodagi ehtiyojning o‘zi emas, balki uni qondirishning ja-
miyatda qabul qilingan usullari xatti-harakatning shakllarini keltirib 
chiqaradi. Agar hayvonlarning xatti-harakati butunlay atrof muhit bi-
lan belgilansa, kishining faolligi uning ilk yoshlaridanoq butun insoni-
yat tajribasi va jamiyat talablariga ko‘ra yo‘naltirib boriladi. 
Faoliyat kishining anglanilmagan maqsad bilan boshqarib turadi-
gan ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faolligidir. Faoliyat bilish va 
iroda bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularga tayanadi, bilish va iro-
daviy jarayonlarsiz uning yuz berishi mumkin emas. 
102


Faoliyat voqelikka nisbatan faol munosabat bildirishning shunday 
bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam o‘rtasida 
real bog‘lanish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalar-
ga, boshqa kishilarga ta’sir ko‘rsatadi. 
Faoliyatning bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo‘naltirilgan, 
nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atash 
mumkin. 
Harakat qay yo‘sinda nazorat qilib boriladi? Bu o‘rinda ko‘p narsa 
aniqlangan emas. Bu, shubhasiz, sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, mu-
shaklar sezgisi) vositasidagina ro‘y berishi mumkin. 
Ko‘rib turganimizdek, ushbu barcha mo‘ljallar sa’y-harakatlarni 
harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi. Kishining maqsadi 
ko‘pincha muayyan vaqt ichida va harakatlar yordamida erishishi 
mumkin bo‘lgan narsalardan iborat bo‘ladi. Demak, maqsad miyada 
faoliyatning bo‘lajak natijasining timsoli, o‘zgarib turadigan andazasi 
tarzida namoyon bo‘ladi. Aynan o‘sha orzu qilingan (ehtiyoj sezilsa) 
bo‘lg‘usi andaza bilan harakatning amaldagi natijalari taqqoslanadi, 
aynan o‘sha andaza sa’y-harakatlarning shakl-shamoyilini belgilab va 
to‘g‘rilab turadi. 
Tashqi, real harakatdan ichki, timsoliy harakatga bu xildagi o‘tish 
jarayonini interiorizatsiya (tom ma’noda aytganda, ichki tarzga ay-
lanish) deb ataladi. Interiorizatsiya tufayli kishi psixikasi ma’lum bir 
vaqt ichida e’tiborda bo‘lmagan narsalarning timsolidan foydalanish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Kishi muayyan daqiqa chegaralaridan tashqa-
riga chiqib «xayolida» o‘tmishga va kelajakka, vaqtga va bo‘shliqqa 
erkin ko‘chib o‘tadi. 
Psixologiya interiorizatsiyaning qanday yuz berishini barcha jihat-
lariga qadar to‘liq bilmaydi. Lekin shu narsa aniq isbot qilinganki, 
bunday o‘zgarishning muhim quroli bo‘lib so‘z, o‘zgarish vositasi 
bo‘lib esa nutqiy faoliyat xizmat qiladi. So‘z buyumlarning muhim 
xossalarini va axborotdan foydalanishning insoniyat amaliyotida 
yuzaga kelgan usullarini belgilaydi va o‘zida mujassamlashtiradi. Shu-
ning uchun ham so‘zlarni to‘g‘ri ishlatishga o‘rganish ayni chog‘da 
buyumlarning muhim xususiyatlarini va axborotdan foydalanishning 
usullarini o‘zlashtirishdan iboratdir. 
Kishi faoliyatining tashqi (jismoniy) va ichki (psixik) jihatlari 
chambarchas bog‘liqdir. Tashqi jihat – odam tashqi olamga ta’sir ko‘r-
103


satish uchun qiladigan sa’y-harakatlar – motivlashtiruvchi, bilishga 
undovchi va boshqaruvchi ichki (psixik) faoliyat bilan belgilanadi va 
yo‘naltiriladi. Ikkinchi tomondan, butun ana shu ichki, psixik faoliyat 
buyumlar va jarayonlarning xususiyatlarini o‘zida namoyon qiladigan, 
ularning maqsadga muvofiq tarzda qayta o‘zgartirilishini amalga 
oshiradigan, psixik andazalarning o‘xshashlik darajasini, shuningdek 
erishilgan natijalar va harakatlarning kutilganlariga muvofiqligi dara-
jasini ko‘rsatadigan tashqi jihat tomonidan yo‘naltirilib va nazorat 
qilib turiladi. 
Shunga muvofiq tarzda tashqi, muayyan faoliyatni ham ichki, 
psixik faoliyatning eksterizatsiyalashuvi (tom ma’noda ichki tarzda 
aylanishi) deb qarash mumkin. 
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bo‘lishi uchun ki-
shi faolligida anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. 
Faoliyatning barcha qolgan jihatlari – uning motivlari, bajarilish usul-
lari, tegishli axborotni tanlash va qayta ishlash anglanilgan bo‘lishi 
ham, anglanilmagan bo‘lishi ham mumkin. 

Yüklə 325,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin