sonli tarmoqlarini qay tarzda tasniflash mumkin? Tasniflash imko-
niyatlaridan biri yuqorida bayon qilingan psixika va ongning faoliyat-
da rivojlanish prinsipida mujassamlashgan.
Shunga
tayangan holda, psixologiya tarmoqlarini tasniflash uchun
quyidagi psixologik jihatlar asos qilib olinishi mumkin:
– muayyan faoliyat;
– rivojlanish;
– jamiyatga nisbatan munosabat.
Inson faoliyatiga ko‘ra, hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi
quyidagi ko‘rinishda aks etadi:
–
mehnat psixologiyasi;
– injenerlik psixologiyasi;
– pedagogik psixologiya;
– tibbiyot psixologiyasi;
– yuridik psixologiya;
–
harbiy psixologiya;
– sport psixologiyasi;
– savdo psixologiyasi.
Agar psixologiyaning shaxobchalarini tasnif qilishda rivojlanish-
ning psixologik jihatlari asos qilib olinadigan bo‘lsa, u holda, biz
uning rivojlanish prinsipi amal qiladigan quyidagi sohalariga duch
kelamiz:
a) yosh psixologiyasi;
b) anomal (noto‘g‘ri)
taraqqiyot psixologiyasi;
c) qiyosiy psixologiya.
Shaxs bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihat-
lariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
– ijtimoiy psixologiya;
– mehnat psixologiyasi.
Mehnat psixologiyasi, ijtimoiy psixologiyadan farqli o‘laroq,
mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini,
mehnatni ilmiy asos-
da tashkil qilish (MIT)ning psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Asosan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, operatorlarning
faoliyatini o‘rganadigan, odam bilan mashina o‘rtasida vazifalarni
taqsimlash va muvofiqlashtirish hamda shu kabi boshqa muammolarni
injenerlik psixologiyasi hal etadi.
17
Kishining uchishini o‘rganish va uchish
jarayonidagi faoliyatning
psixologik qonuniyatlarini tadqiq qilish aviatsiya psixologiyasining
obyekti hisoblanadi.
Vaznsizlik va bo‘shliqda aniq mo‘ljal ola bilmaslik sharoitida, or-
ganizmga juda ko‘p ortiqcha ta’sirlar yuklangan paytda ro‘y beradigan
asab-psixik zo‘riqishi bilan bog‘liq bo‘lgan alohida holatlar tug‘ilgan-
da kishi faoliyatining psixologik xususiyatlarini tadqiq qilishni kosmik
psixologiya o‘rganadi.
Pedagogik psixologiyaning predmeti kishiga ta’lim va tarbiya be-
rishning psixologik qonuniyatlarini o‘rganish predmeti hisoblanadi.
Pedagogik psixologiya bir necha guruhga bo‘linadi:
ta’lim psixologiyasi (didaktikaning, xususiy metodikaning,
dasturlashtirilgan o‘qitishning, aqliy harakatlarini shakllantirishning
psixologik asoslari va boshqalar)ni o‘rganadi;
tarbiya psixologiyasi tarbiyaning psixologik asoslarini (o‘quv-
chilar jamoasi psixologiyasi, axloq tuzatish – mehnat pedagogikasi-
ning psixologik asoslarini) o‘rganadi.
Shuningdek,
o‘qituvchi psixologiyasi, aqli zaif bolalarni o‘qitish
va tarbiyalash psixologiyasi pedagogik psixologiyasining bo‘limlari
yoki tor sohalari hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: