O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent


Sovuq urishidagi kechiktirib bo‘lmaydigan



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə39/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Sovuq urishidagi kechiktirib bo‘lmaydigan
yordamlar
Issiq xonada tananing sovuq urgan qismlarini isitishga qaratilgan
tezkor chora-tadbirlar o‘tkazish – toza qo‘l bilan tashqaridan markazga
qarab uqalash, spirt, odekolon, vazelin yoki har qanday antiseptik moy
(«Detskiy», «Cheburashka», «Jenshen» va boshqalar) bilan ishlov berish,
keyin aseptik bog‘lam qo‘yish lozim. 3 va 4-darajali sovuq urishlarida shi-
kastlangan qo‘l va oyoqlar harakatsiz holatga keltirilishi kerak.
76


Uqalashda qor yoki muzdan foydalanishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Be-


morga issiq choy, kofe, sut, 20 tomchi karvolol ichiriladi. Imkoniyat
boricha tezroq jarrohliq statsionariga olib boriladi.
ELEKTR TOKIDAN SHIKASTLANISH
Bunday shikastlanishlar texnik yoki atmosfera elektr quvvati ta’sirida
yuzaga keladi. Elektr asboblaridan texnikada va uy xo‘jaligida uquvsizlik
bilan foydalanish, shuningdek bu asboblarning nosozligi elektrdan
jarohatlanish (elektrotravma)ga olib keladi.
Elektr quvvatidan shikastlanishlar: termik; elektrolitik; organizmga
mexanik ta’sirlarga bo‘linadi.
Elektr quvvatining ta’siri uning kuchi 3–5 mA ga teng bo‘lganda
sezila boshlanadi, 20–25 mA kuchga ega elektr quvvati mushaklarning
beixtiyor qisqarishiga sababchi bo‘ladi. Elektrotravmalarning sababi va
ba’zan bu faktni aniqlash juda qiyin kechadi. Bundan tashqari,
elektrotravmani boshqa shikastlanishlar (kontaktli termik kuyish,
elektrotravmadan keyin balandlikdan yiqilib shikastlanishlar) bilan oson
adashtirish mumkin.
Elektrotravmalar terining namligi yuqori bo‘ladigan bahor, yoz va kuz
oylarida ko‘proq kuzatiladi. Xavfli, o‘limga olib keladigan
elektrotravmalar 127–220 li elektr toki ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.
Quvvati 10000 V dan yuqori bo‘lgan elektr toki bilan shikastlanishlarda
o‘lim keng ko‘lamdagi kuyish natijasida yuzaga keladi.
Past kuchlanishli toklarni ham organizm uchun umuman zararsiz deb
bo‘lmaydi. Shu narsa aniqlanganki, bir xil kuchlanishdagi o‘zgaruvchan
tok o‘zgarmas tokka nisbatan xavfliroq. Yuqori kuchlanishli toklar bilan
shikastlanganda ko‘plab elektr ta’siridagi kuyishlar kuzatiladi. Tok kuchi
uning kuchlanishiga to‘g‘ri va teri hamda predmetlar qarshiligiga teskari
proporsional bo‘lib, ko‘p jihatdan shikastlanuvchini yerdan ajratib turgan
predmet qarshiligiga bog‘liq. Organizmning elektrga qarshiligi terining
qarshiligiga bog‘liq. Teri qancha yumshoq va namligi yuqori bo‘lsa, uning
qarshiligi shuncha kam bo‘ladi.
Elektr tokining tanaga kiradigan va chiqadigan yo‘li «tok halqasi» deb
ataladi.
Pastki, yuqorigi va to‘liq halqalar tafovutlanadi.
Pastki halqa – oyoqdan-oyoqqa xavfi kam. Yuqori halqa – qo‘ldan-
qo‘lga xavfi yuqoriroq va to‘liq halqa – bunda tok nafaqat oyoq-
qo‘llardan, balki yurakdan ham o‘tadi.
Tokning kirish va chiqish joylarida elektr kuyishlar hosil bo‘ladi,
ularga xos o‘zgarishlar «tok belgisi» deb ataladi. Ular terining yumaloq,
ellipssimon yoki chiziqchali quruq jonsizlanishi shaklida bo‘lib, kulrang,
och sariq yoki sut rangida, uning markazi to‘qroq, chetlari ko‘tarilgan
77


ochroq rangda bo‘ladi. «Tok belgisi» atrofidagi sochlar kuymagan,


shtoporsimon buralgan bo‘ladi. Ko‘pincha, «tok belgisi» uning kirish
joyida ko‘proq shakllanadi, chiqish joyida u metall bilan kontaktda
bo‘lganda hosil bo‘ladi. «Tok belgilari» elektr tokining yo‘lida terining
burishgan va bukiladigan joylarida ham hosil bo‘ladi.
Elektrotravmaning 4 ta darajasi farqlanadi.
1-daraja – shikastlangan kishida muskullarning beixtiyor titrab-
qaqshashi kuzatilib, hushi o‘zida bo‘ladi.
2-daraja – muskullarning beixtiyor titrab qaqshashi bilan birga, bemor
hushini yo‘qotadi.
3-daraja – hush yo‘qotish bilan birga, yurak va nafas olish
funksiyalarining buzilishi ham kuzatiladi.
4-daraja – bemor klinik o‘lim holatida bo‘ladi.
Elektr toki bilan shikastlanganda, uning klinik ko‘rinishi umumiy va
mahalliy belgilardan tashkil topadi.
Umumiy simptomatika subyektiv belgilari – sekin turtki, achitib
og‘rish, mushaklarning beixtiyor qisqarishlari, qaltiroq tutishi; o‘yektiv
belgilari: teri qoplamalarining oqarishi, ba’zan ko‘karish, so‘lak
ajralishining ko‘payishi, qusish, yurak sohasidagi og‘riqdan iborat. Elektr
tokining bilvosita ta’siri yo‘qotilgandan keyin shikastlangan kishi o‘zini
xuddi qattiq kaltaklangandek, charchoq, butun gavdasida og‘irlik sezadi.
Ba’zan juda loqayd, parishonxotir, ba’zan esa juda hayajonlangan holatda
bo‘ladi. Ularda puls tezlashib, beixtiyor siydik ajralishi kuzatilishi
mumkin. Elektrotravma yuqoridan yiqilishi bilan davom etsa,
suyaklarning turlicha sinishlari va bo‘g‘imlarning chiqishlari kuzatilishi
mumkin.
Mahalliy shikastlanish ko‘zga ko‘rinib turadigan kuyish bilan
ifodalanadi. Odatda bu kuyishlar ikkinchi darajali bo‘lib, ular termik
kuyishlardan pufakchalar va qizarishning yo‘qligi, aksincha, sariq-
jigarrang dog‘lar hosil bo‘lishi va bu joyning og‘riqni sezmasligi bilan
farq qiladi; ba’zan kuygan joydan qon oqib turishi mumkin.
Kuyish maydoni katta bo‘lgan elektrotravmalarda ichki organlarning
shikastlanishlari ancha kamroq bo‘ladi. Chunki kuyib ko‘mirga aylangan
to‘qimalar tokning ichki organlarga tarqalishiga to‘siq bo‘ladi. Kuyish
maydoni kichik elektrtravmalar, tok ta’siridan keyin juda tez vaqt ichida
aniq chegara hosil qilib, o‘lgan kulrang to‘qima atrofida tiniq aylana hosil
qiladi. Kuygan joy atrofidagi to‘qimalarda shish juda tez rivojlanadi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin