O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org
Oyoq suyaklarining sinishi Son suyagi skeletning eng katta va eng mustahkam suyagi bo‘lib, u
vertikal holatda 1500 kg dan ko‘proq og‘irlikni ko‘taradi. Bundan yuqori
bo‘lgan kuch yoki og‘irlik ta’sirida son suyagi sinishi mumkin.
Son suyagining sinishi og‘ir jarohatlar qatoriga kirib, bunda yumshoq
to‘qimalar, qon tomirlari qattiq shikastlanadi, ko‘p qon yo‘qotiladi,
ko‘pincha travmatik shok holati kuzatiladi.
Son suyagining yuqori, o‘rta va pastki qismlari sinishi tafovutlanadi.
Son suyagining yuqori qismi sinishi (bo‘yin va boshchasi) sinishning
taxminan yarmini tashkil etadi va u tos-son bo‘g‘imi bilan yiqilishdan
yuzaga keladi. Bunday sinishlar ko‘pincha qariyalarda (70 yoshdan
oshgan) kuzatiladi. Simptomlari: qov va tos-son bo‘g‘imi sohalarida
og‘riq, shish va bemor oyog‘ini ko‘tara olmaydi.
Son suyagining o‘rta va pastki qismi sinishi bevosita og‘ir predmetlar
va harakatdagi transport vositalarining urilishidan, yuqori balandlikdan
yiqilganda, shuningdek yiqilish vaqtidagi bilvosita kuchli ta’sirdan (bu
ta’sir suyakning buralishiga va haddan tashqari egilishiga olib keladi)
yuzaga kelishi mumkin. Sinishlar ochiq va yopiq turda bo‘lishi mumkin.
Simptomlari: singan joydagi og‘riq, oyoq bilan harakat qilishning
ilojsizligi. Oyoq tashqariga o‘girilgan, kaltalashgan, paypaslab ko‘rilganda
suyak siniqlarining bo‘rtib turishi, ba’zan krepitasiya sezilishi mumkin.
Tizza bo‘g‘imining sinishlari bevosita kaltak ta’sirida, tizza bilan
yiqilganda yoki balandlikdan yiqilib oyoq bilan tushganda yuzaga keladi.
Ko‘pincha tizzaning qopqoq suyagi sinishi kuzatiladi. Sinishning belgilari:
og‘riq, konturlarning tekislanishi va bo‘g‘im aylanasining kattalashishi.
Paypaslab ko‘rilganda bo‘g‘im ichida suyuqlik borligi seziladi. Tizza
95
kopqog‘ini surish ancha qiyin – «prujinasimon harakat belgisi», harakat
keskin qisqargan. Siniq bo‘lakchalari orasida tirqish aniqlanishi mumkin.