«Ikkilamchi cho‘kish» haqida tushuncha
Qutqarish vaqtida davolash muassasi chora-tadbirlariga muhtoj
bo‘lmagan cho‘kkanlarni ham shifoxonaga yuborish kerak. Cho‘kish
vaqtidagi yoki undan keyingi, hatto qisqa muddatli, hushdan ketish ham
cho‘kishning og‘ir asoratlari sifatida jiddiy ogohlantirish deb qaralishi
kerak. Transportirovka vaqtida nafas olishning o‘tkir buzilishi yana
qaytalanishi yoki birinchi marta boshlanishi mumkin.
«Ikkilamchi cho‘kish» sindromi ko‘krakda og‘riqlar paydo bo‘lishi
yoki ularning kuchayishi, havo yetishmasligini sezish, teri va shilliq
qavatlarning ko‘karishi, taxikardiyaning kuchayishi kabi belgilar bilan
boshlanadi. Qon aralash balg‘am ko‘chishi kuzatiladi. «Ikkilamchi
cho‘kish» sindromi ba’zan abortiv holda, ba’zan kuchayib boruvchi o‘pka
qalinlashuvi, ba’zan esa kuchayuvchi alveolyar shish rivojlanishi bilan
kechadi. «Ikkilamchi cho‘kish»ning boshlang‘ich belgilarida bemorda
o‘pkaning sun’iy ventilatsiyasi o‘tkaziladi, natriy oksibutirat va albumin,
saluretiklar eritmalarining konsentrlangan aralashmalaridan yuboriladi.
Bo‘g‘ilish – o‘pkaga havo o‘tishi uchun to‘siqlar bo‘lganda kelib
chiqadi. U yuqori nafas yo‘llariga yot jismlarning tushishi, shikastlanishi
yoki ovoz boylamlarining tirishuvchi spazmlari bilan asoslanishi mumkin.
U ko‘krak qafasining tashqaridan uy bo‘laklari bilan, yer ko‘chmalari
bilan bosilishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Nafas siqishida
birinchi yordam berilganda, avvalo, toza havoning o‘tishi uchun qulay
sharoit yaratishga harakat qilish, keyin jabrlanuvchini jonlantirish chora-
tadbirlarini boshlash kerak.
198
O‘zini o‘zi o‘ldirish maqsadida ham bo‘g‘ilish hodisalari kuzatiladi.
Bu kabi o‘z joniga qasd qilishda sirtmoqdan foydalanadilar. Ahvolning
og‘irlik darajasi bo‘g‘ilish davomiyligiga va sirtmoqni qo‘yish usuliga
bog‘liq. Osilish yoki sirtmoq bilan bo‘g‘ishning doimiy belgilaridan biri
oqish yoki qo‘ng‘ir rangdagi strangulyatsion egat hosil bo‘lishi, yuzning
ko‘karishi, burun-halqum giperemiyasi, shish va ovoz bog‘lamlari orasiga
qon quyilishidir. To‘liq osishda hushdan ketish bilan birga, koma
rivojlanadi, ko‘z qorachiqlarining yoruqlikka javob reaksiyasining
yo‘qolishi, muskullarning bo‘shashishi, nafasning to‘xtashi, ba’zi hollarda
ixtiyorsiz defekatsiya va siydik ajratish ham kuzatiladi. O‘lim 4–5
minutdan so‘ng boshlanadi. Birinchi yordam osilgan shaxsni tezda
ko‘tarish va fiksatsiya qilish, arqonni tugunidan yuqoriroqdan qirqish va
tugunni bo‘shatishdan iborat. So‘ngra kichik reanimatsion yordam
ko‘rsatiladi:
– traxeyaga intubitsion trubka qo‘yib havo beriladi;
– yurakning bilvosita massaji o‘tkaziladi;
– oksegenoterapiya;
– yurak va nafas analeptiklar (strofantin, kardiamin);
– asosiy hayot funksiyalari tiklangandan so‘ng eng yaqin shifoxonaga
transportirovka zambilda amalga oshiriladi.
Zaharlanish – o‘tkir kasallik kabi boshlanib, organizmga kimyoviy
moddaning toksik ta’siri natijasida yuzaga keladi.
Zaharlanishning quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
a) maishiy (alkogolli, tasodifiy, qasddan);
b) ishlab chiqarishdagi;
v) bolalardagi;
g) tibbiy;
d) biologik;
e) ovqatdan.
Organizmga zaharning tushish yo‘llari to‘rt xil bo‘ladi:
1) ingalyatsion (tutun holida);
2) teri orqali;
3) ichak orqali;
4) parenteral (ko‘pincha tibbiy).
Oziq-ovqat moddalari bilan zaharlanganda oshqozonni zond orqali
18–20
0
C haroratdagi 12–15 l suv bilan (har bir porsiyasi 300–500 ml
bo‘lishi kerak) yuvish lozim.
Ilon chaqqanda, teri ostiga yoki muskul orasiga toksik modda
tushganda 6–8 soatga o‘sha joyga sovuq qo‘yiladi, 0,3 mg 0,1 % li
adrenalin eritmasi, ilon chaqqan joyning yuqorisiga esa novokain
blokadasi qilinadi.
199
Ingalyatsion zaharlanishda zaharlangan kishini toza havoga olib
chiqib, nafas olish yo‘lini kislorod bilan ingalatsiya qilish lozim.
Teriga toksik modda tushganda terini oqar suvda yuvib tashlash kerak.
Toksik modda to‘g‘ri ichakka, qinga, siydik pufagiga yuborilganda
ularni klizma, sprinsirovka va kateterizatsiya qilish lozim.
Toksik moddani qon aylanish sistemasidan chiqarish uchun siydik
haydovchi vositalar qo‘llab, diurezni forsirlashdan foydalaniladi.
O‘tkir zaharlanishdagi asosiy patologik sindromlar. Nevrologik
o‘zgarishlar turli-tumanligi bilan farq qiladi, bu markaziy va periferik asab
tizimi strukturasiga bevosita toksik ta’sir natijasida hamda
zaharlanganning boshqa a’zolari (jigar va buyrak) funksiyalarining
buzilishi hisobiga bo‘ladigan intoksikatsiyalar natijasida kelib chiqadi.
Eng og‘ir psixonevrologik o‘zgarishlarga intoksikatsion psixoz, toksik
koma, tirishish sindromi kiradi.
Yurak-tomir faoliyatining buzilishi bu toksik shok bo‘lib, u arterial
bosimining birdaniga pasayishi, teri oqarishi, taxikardiya, hansirash, qon
tarkibining o‘zgarishi bilan kechadi.
Yurakka birlamchi ta’sir qiluvchi zaharli moddalar bilan
zaharlanganda, yurak ritmi, uning o‘tkazuvchanligi buzilishi kuzatiladi va
kollaps rivojlanadi.
Nafas olishning buzilishi quyidagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin:
1) aspiratsion-obturatsion shakli. Bu tilning orqaga ketishi va qusiq
massalari tufayli tiqilib qolishi bilan kechadi;
2) nafas o‘zgarishlarining markaziy shakli ixtiyoriy nafas olish
harakatlarining yo‘qligi yoki yetishmasligi bilan kechadi;
3) o‘pka shokining rivojlanishi bilan bog‘liq – o‘pka shishi,
pnevmoniya, bronxospazm bilan kechadigan o‘tkir traxeobronxit.
Oshqozon-ichak tizimining shikastlanishi o‘tkir gastro-enterit, qusish,
ich ketishi, qorinning har xil joyida va turli intensivlikdagi og‘riqlar
ko‘rinishida kechadi.
Jigarning shikastlanishi jigarning kattalashishi va og‘riq bo‘lishi, ko‘z
sklerasi va terining sarg‘ayishi bilan kechadi. Odatda qisqa vaqt ichida
asabiy o‘zgarishlar ham qo‘shiladi – bezovtalik, qon ketishi, teri va shilliq
qavatlarga qon quyilishi.
Buyraklar shikastlanganda, ko‘pincha tezda o‘tkir buyrak yetish-
movchiligi rivojlanadi.
Oshqozon-ichak traktida toksik moddalar yig‘ilishi mumkin, shuning
uchun oshqozon va ichak yuvilishi kerak.
Uxlatuvchi moddalar bilan zaharlanganda ko‘rsatiladigan birinchi
yordam: jabrlanuvchi koma yoki chuqur uyquga ketgan holatda bo‘ladi.
Nafas vaqt-vaqti bilan, rangi oqarib ketgan yoki sianoz (ko‘karish),
200
harorati ko‘tarilgan, keyinchalik toshma toshishi mumkin. Aktivlangan
ko‘mir yoki qandaydir boshqa sorbentlardan foydalanish, oshqozonni
yuvish va kuchli ichni suruvchi vositalarni yuborish shart.
Alkogol bilan zaharlanganda shuni unutmaslik kerakki, alkogol katta
miqdorda qabul qilinganda yaqqol psixotrop ta’sirga ega. Boshlang‘ich
davrida o‘zini idora qila olmaslik, og‘riq sezishning pasayishi va hushidan
ketish kuzatiladi. Birinchi yordam shundan iboratki, tezlik bilan
oshqozonni yuvish, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta’minlash,
yurak dorilarini berish va iloji bo‘lsa, kislorodoterapiyani boshlash kerak.
Gazdan zaharlanish. Is gazi avtomashinalardan chiqadigan gazlar
tarkibida va uylar pechka bilan isitilganda hosil bo‘ladi. O‘tkir
zaharlanganda psixonevrologik buzilishlar ustun turadi, bosh og‘rishi,
bosh aylanishi, chanqash, qayt qilish, hushdan ketish, nafas olishning
buzilishi kuzatiladi. Birinchi yordam, avvalambor, jabrlanuvchini
o‘choqdan zudlik bilan olib chiqishdan boshlanadi. Bronxlar
o‘tkazuvganligini ta’minlash, havo-kislorod aralashmasini uzoq vaqt
kiritish va yurak-tomir preparatlarini yuborish zarur.
Hozirgi vaqtda sanoat, qishloq xo‘jaligi, uy sharoitida fosfororganik
birikmalar bilan zaharlanish ko‘p tarqalgan. Bu modda asab tizimiga ta’sir
qiladi, ya’ni holsizlik, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, toqatsizlik, nafas
olishning buzilishi (bu holat nafas muskullarining bo‘shashishi bilan
bog‘liq), qorinda og‘riq va ich ketishi kuzatiladi.
Davolash:
– iloji boricha tezroq organizmdan zaharni chiqarib tashlash
(oshqozonni yuvish, ichni suruvchi vositalarni qo‘llash);
– maxsus antidot moddalar yuborish.
Kuydiruvchi moddalar bilan zaharlanishga uksus (sirka) essensiyasi
taalluqlidir. Klinik kechishi mahalliy kuydiruvchi ta’sirdan va umumiy-
rezorbtiv ta’sirdan kelib chiqadi. Bemorlar tomog‘idagi kuchli og‘riq, qayt
qilishi va nafas olishning kechikishidan shikoyat qiladilar. Suyuqlikni
yo‘qotish shok holatiga olib keladi. Eritrotsitlarning parchalanish belgisi –
qizil yoki jigarrang siydik paydo bo‘ladi. Davolash oshqozonni yuvish,
promedol, yurak preparatlarini yuborishga asoslangan. Oshqozon yuvilgan
suvda qonning bo‘lishi yuvishni davom ettirishga qarshilik qilmaydigan
ko‘rsatma hisoblanadi (ishqoriy eritmalarni ishlatish man etiladi).
Dostları ilə paylaş: |