Mudroq infeksiyalar haqida tushunchalar Mudroq infeksiyalar inson organizmida ishtirok etuvchi mikro-
organizmlar bo‘lib, ular ma’lum vaqt mobaynida hech qanday kasallik
chaqirmasligi mumkin. Asosan ular sog‘lom odamlarda faoliyat ko‘r-
satadigan, inson uchun foydali bo‘lgan kuchsiz bakteriyalar yoki saprofit
(normada uchraydigan) mikroorganizmlardir. Ma’lum bir sharoitda (orga-
nizm qattiq sovqotganda, shikastlanish, jarrohlik muolajalaridan keyin) bu
mikroorganizmlarning faollashishi tufayli yiringli jarayonlar kelib chiqishi
mumkin. Bunday holatlar eski chandiq va a’zolarning bir-biriga yopishgan
joylarida hosil bo‘ladi. Mudroq infeksiyalarning manbai limfa tugunlari va
chirigan (kariyes) tishlarning kovaklari bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, antiseptika deganda, dezinfeksiya (zararsizlantiruvchi)
vositalari yordamida yiringli zararlanishning oldini olish tushuniladi.
Antiseptikaning rivojlanishida faqat jarrohlik sohasidagi bilimlarning
to‘planishiga asoslanishdan tashqari, mikrobiologiya, farmakologiya,
fizika, kimyo va boshqa bir qator sohalarning o‘ziga yarasha ahamiyati
bor.
Amaliyotda antiseptikaning bir nechta turlari mavjud:
– mexanik;
– fizikaviy;
– kimyoviy;
– biologik;
– aralash.
Mexanik antiseptika Mexanik antiseptika infeksiya tushgan va hayotga yaroqsiz to‘qi-
malarni mexanik yo‘l bilan kesib olib tashlash va shu yo‘l bilan jaro-
hatlarga infeksiya tushishining oldini olish hamda ularni davolashning
asosiy turlaridan biridir. Mexanik antiseptika amaliyotda eng ko‘p qo‘lla-
niladigan, jarohatga birlamchi jarrohlik ishlovini berish usuli hisoblanadi.
Birlamchi jarrohlik ishlovi to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarilgandagina
jarohatlarning infeksiyadan tozalanganligiga va jarohatning birlamchi
bitishiga kafolat beriladi.
Ifloslangan jarohatlarni infeksiyalardan tozalash, yot jismlarni olib
tashlash, hayot faoliyatiga ega bo‘lmagan to‘qimalarni kesib tashlash
muolajalari mexanik antiseptikaning jarrohlik amaliyotida keng
qo‘llaniladigan jarohatga birlamchi ishlov berish davo tadbirlaridan biri
hisoblanib, mikroblarning hayot kechirishiga qarshi olib boriladigan
40
choralardir. Bu usulni birinchi bo‘lib rus jarrohi K. K. Reyer 1877–1878