O‘mrov suyagi sinishidagi belgilar – og‘riq, yelkaning asimmetriyasi,
ko‘pchilik hollarda singan o‘mrov suyagi siljigan joyda shish ko‘zga
tashlanadi, ba’zan krepitatsiya aniqlanadi.
Birinchi yordam ko‘rsatishda sakkizsimon
yoki halqasimon qilib
paxta-dokali bog‘lam qo‘yiladi. Sakkizsimon bog‘lam qo‘yilayotgan
vaqtda bemor o‘tirgan holatda, yordam ko‘rsatuvchi esa uning orqasida
joylashadi. Bog‘lam qo‘yishdan oldin bemorning qo‘ltiqlari ostiga
paxtadan yoki porolondan yostiqchalar joylashtiriladi. Bint (kengligi 10–
15
sm)ni yelka bo‘g‘imi oldidan qo‘ltiq ostiga o‘tkaziladi va orqada
kuraklar o‘rtasida kesishadi. Tola-dokali halqa tayyorlash va halqasimon
bog‘lamni qo‘yish texnikasi juda sodda. Halqani
tayyorlash uchun ayollar
paypoqlari (kapronli, trikotajli), ko‘ylak yenglaridan foydalanish mumkin:
ular tola bilan to‘ldirilib, keyin halqa shakliga keltiriladi. Bu halqachalar
bemorning qo‘llariga bittadan kiydirilib, yelkaning yuqori uchdan bir
qismigacha ko‘tariladi, ularni orqasidan tortib kuraklar bir-biriga
maksimal yaqinlashtiriladi, keyin bint bilan tortib bog‘lanadi,
lekin
bunday tortish qon aylanishiga xalal bermasligi shart (qo‘ltiq osti va yelka
arteriyalarini siqib qo‘ymaslik kerak).
Dostları ilə paylaş: