O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya birinchi tibbiy yordam toshkent



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə50/139
tarix24.10.2023
ölçüsü0,68 Mb.
#160533
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I ya-fayllar.org

Qo‘l bo‘g‘imlarining chiqishi 
Yelkaning chiqishi kuchli og‘riq va uning funksiyasi buzilishi bilan
kechadi. Bemorning chiqqan qo‘li tomondagi yelkasi pastga tushgan,
boshi shu tomonga og‘gan, sog‘lom qo‘li bilan chiqqan qo‘lni ushlab
turishga harakat qiladi. Shikastlangan qo‘l tanadan uzoqlashgan, tirsak
bo‘g‘imi bukilgan va xuddi uzayibroq qolgandek ko‘rinadi. Yelka
bo‘g‘imining normal yumaloqligi yo‘qolib, uning tashqi yuzasi, yelka
suyagi boshining siljishi natijasida, tekislanib qoladi. Bu bo‘g‘imning faol
harakati yo‘q, sekin harakatlantirilganda yelkaning «tarang fiksatsiyasi»
kuzatilib, tirsak bo‘g‘imini tanaga yaqinlashtirib bo‘lmaydi.
Bilak suyagining chiqishida tirsak bo‘g‘imining hajmi kattalashib,
deformatsiyalanadi, qo‘l yarim bukilgan holatda bo‘ladi. Agar bilak old
tomondan chiqqan bo‘lsa, u uzaygandek, orqadan chiqsa, kaltalashib
kolgandek tuyuladi.
Barmoqlar ichida, ko‘pincha birinchi barmoqning chiqishi ko‘proq
kuzatiladi. Bunda ko‘proq orqa tomonga va ozroq kaft tomonga siljish
kuzatiladi. Barmoqlarning chiqishiga ko‘pincha ularni zo‘rlab egish
sababchi bo‘ladi. Chiqqan barmoq majburiy «miltiq tepkisi» holatida
bo‘lib, panjalarga nisbatan deyarli 90
0
li burchak ostida joylashadi.
Oyoq bo‘g‘imlarining chiqishlari 
Son suyagining chiqishi bilvosita katta kuchning ta’siri natijasida yuz
berib, bu kuch kutilmaganda va keskin tarzda sonni ichkariga (orqaga
chiqish) yoki oyoqning keskin kerilishi va uni tashqariga aylantirilishi
(oldinga chiqish) natijasida kelib chiqadi.
Sonning orqaga chiqishida oyoq tos-son bo‘g‘imida bukilgan, tanaga
yopishgan va ichkariga o‘girilgan, aylanib qolgandek tuyuladi.
Oyoq kaftidagi chiqishlar ko‘pincha to‘liq bo‘lmay (chala chiqishlar
deb atash mumkin), ularni rentgenologik tekshiruvsiz to‘g‘ri tashxislash
juda qiyin.
Chiqishlarning har xil lokalizatsiyalaridagi asosiy birinchi yordam
shikastlangan oyoq yoki qo‘lni tinch holatga keltirish va bemorni tezda
travmatologik bo‘limga yoki travmopunktlarga malakali tibbiy yordam
ko‘rsatish va chiqqan bo‘g‘imni o‘rniga solib qo‘yish uchun jo‘natishdan
iborat. Bunday shikastlanishlarda voqea sodir bo‘lgan joyda biron-bir
manipulatsiya o‘tkazish mumkin emas, chunki mutaxassissiz qo‘yilgan
tashxis noto‘g‘ri bo‘lishi mumkin, bundan tashqari, voqea joyida yetarli
og‘riqsizlantirishning iloji ham yo‘q.
91


Voqea sodir bo‘lgan joyda chiqqan joyni solish, oyoq-qo‘llarni siltab


tortish, bo‘g‘imlarni passiv harakatga keltirish – yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan
holat.
Bunday bemorlarni shifoxonaga olib borishda chiqqan qo‘lni ro‘mol
bilan bog‘lanadi va tirsak chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi,
oyoq chiqqanda standart simli Kramer shinasi yordamida, u bo‘lmagan
taqdirda, qo‘l ostida bo‘lgan immobilizasiyalovchi vositalar yordamida
bintlanib yoki chiqqan oyoqni sog‘lom oyoqqa mahkamlab (bunda
kiyimlar yechilmaydi), keyin jo‘natish tavsiya etiladi. Bemorga
og‘riqsizlantiruvchi va tinchlantiruvchi dori vositalarini berish mumkin.
Qo‘li chiqqan bemor o‘tirgan holatda, oyoq bo‘g‘imlari chiqqan
bemor faqat yotqizilgan holatda shifoxonaga olib boriladi.
Bemorni kasalxonaga yotqizishni paysalga solish mumkin emas.
Chiqqan bo‘g‘imni joyiga solish qancha kechiksa, shuncha qiyinlashib
boradi. Chunki asta-sekin chiqqan bo‘g‘imning yumshoq to‘qimalarida
ikkilamchi o‘zgarishlar (shish, qisilish, uzilish) kelib chiqa boshlaydi.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin