bemor qornida kuchli og‘riq his qiladi, ba’zan ichak tutilishida qorin
devorida tugunlarni, shishlarni paypaslab aniqlash mumkin. Bu hollarda
shoshilinch choralar ko‘rilmasa, qisqa vaqt ichida odam organizmining za-
harlanish xavfi kuzatiladi. Ichak tutilishi bo‘lgan hollarda bemorlarni
shifoxonaga keltirish va lozim bo‘lsa, operativ davo choralarini
kechiktirmaslik darkor, aksincha, bemor hayoti xavf ostida qoladi.
AYIRUV A’ZOLARINING KASALLIKLARI
VA JAROHATLARI
Ayiruv a’zolarining yopiq shikastlanishlari asosan kuchli transport
to‘qnashishlarida, yuqoridan pastga yiqilishda, tos suyaklarining sinishi
(siydik ajratish yo‘li)da kuzatilishi mumkin.
Ochiq shikastlar esa asosan bel yoki qovuqusti sohalarining yorilgan,
sanchib kesilgan jarohatlarida uchraydi.
Siydik chiqarish a’zolarining shikastlanishlari va jarohatlari og‘ir,
xavfli shikastlar hisoblanib, ko‘p hollarda travmatik shokka olib keladi.
Bo‘yrak shikastlanganda esa bel sohasida qattiq og‘riq, buyrakoldi yog‘
qobig‘ida qon to‘planishi va siydikdan qon ajralib chiqishi (gematoma,
gematuriya) kuzatiladi, gohida shu jarohatlar orqali siydik ajralib turishi
ham mumkin. Bundan tashqari, siydik pufagi va yo‘llari jarohatida siydik
ajralishining vaqtinchalik yoki butunlay to‘xtashi kuzatiladi.
Siydik qopini va siydik chiqarish a’zolari shikastlanishlarida
yuqoridagi belgilardan tashqari, ko‘p hollarda siydikning qorin
bo‘shlig‘ida yig‘ilish xavfi ham ko‘p uchrab turadi va bu holat siydikli
peretonit va infiltratga olib keladi.
Birinchi yordam: jarohat sohasiga yaxshilab spirt va yod bilan
birlamchi ishlov berilgandan keyin, aseptik bog‘lam qo‘yib, shoshilinch
zambilda yotqizilgan holda shokka qarshi chora-tadbirlarni qo‘llab, zudlik
bilan jarrohlik, yaxshisi, maxsus urologiya bo‘limlariga eltish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: