189
daromad solig‘i va yuridik shaxslarga ham, jismoniy shaxslarga ham
solinadigan yer solig‘i va mol-mulk solig‘i kiradi.
O‘z navbatida, to‘g‘ri soliqlar
shaxsiy soliqlar
va
aniq (real)
soliqlarga
bo‘linadi. Bu soliqlar o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, birinchi
holda amalda olingan daromad
yoki mulk, ikkinchi holda esa muayyan
iqtisodiy, ba’zan esa, tabiiy sharoitlarga qarab taxminiy o‘rtacha daromad
soliqqa tortiladi.
Jahon amaliyotida
shaxsiy soliqlarga
daromad solig‘i, korporat-
siyalar foydasiga solinadigan soliq, pul kapitallaridan tushgan daro-
madlardan olinadigan soliq, meros va hadyalardan
olinadigan soliq misol
bo‘la oladi. Bizning respublikamizda to‘g‘ri soliq obyekti, masalan,
yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlari (ularga berilgan imtiyozlar
hisobga olingan holda), amaldagi daromad hisoblanadi.
Aniq (real) soliqlarga
mol-mulk solig‘i va yer solig‘i kiradi. Bunda
aniq (real) soliq belgilari yer uchastkalariga soliq solishda yaqqol
namoyon bo‘ladi. Yer solig‘i stavkalari soliq solish obyektidan olinadigan
taxminiy o‘rtacha daromad hisoblanib, tuproqning sinfi va tabiiy shart-
sharoitlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Egri soliqlar
tovarlar, ishlar va xizmatlarga narx
yoki tarifga
qo‘shimcha shaklda belgilanadigan soliqlardir. Ular to‘g‘ri soliqlardan
shunisi bilan farqlanadiki, soliq to‘lovchining daromadi yoki mulki bilan
bevosita bog‘lanmagan. Egri soliq solinishi kerak bo‘lgan tovarlar ishlab
chiqaruvchi, ish bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi korxona va
tashkilotlar soliq summasini sotiladigan tovarlar, ko‘rsatiladigan ishlar,
xizmatlar qiymatiga kiritadi, ya’ni o‘z mohiyati bilan
ular soliq
yig‘uvchilar bo‘ladi. So‘nggi soliq to‘lovchi yoki soliq egasi bo‘lib
tovarlarni yoki xizmatlarni u yoki bu turdagi egri soliqni o‘z ichiga olgan,
oshirilgan narxlar yoki tariflar bo‘yicha oluvchi iste’molchi qatnashadi.
Ko‘pgina davlatlarning hozirgi zamon soliq tizimlarida egri
soliqlarning
aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i, bojxona boji
kabi turlari
qo‘llanadi. Egri soliqlarning aynan shunday turlari O‘zbekiston soliq
tizimi uchun ham xosdir. 2002-yil 1-yanvardan boshlab respublikada egri
soliqning jismoniy shaxslardan transport vositalari uchun benzin, dizel
yoqilg‘isi va gazni ishlatish uchun olinadigan soliq turi amal qilmoqda, bu
soliq jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i,
transport
vositalari egalaridan olinadigan soliq o‘rniga kiritilgan.
Soliq stavkasi va soliq solish obyekti o‘rtasidagi o‘zaro aloqaga
qarab mutanosib va o‘zgaruvchan soliqlar ajratiladi. Mutanosib soliqlarda
190
soliq stavkasi daromad miqdoridan qat’i nazar o‘zgarmasdan qoladi.
Mutanosib soliqlar, masalan, yuridik shaxslar daromadi (foydasi)ga soliq
solishda qo‘llanadi. 20 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi daromad
(foyda) ortishiga bog‘liq holda o‘zgarmaydi. O‘zgaruvchan soliqlarda
daromad ortishi bilan soliq stavkasi ham o‘sib boradi: daromad qancha
ko‘p bo‘lsa, undan ushlab qolish foizi ham shuncha ko‘p bo‘ladi.
O‘zgaruvchan soliqlarni qo‘llash uchun murakkab progressiyadan
foydalaniladi, unga asosan soliq to‘lovchining daromadi
qismlarga
bo‘linadi va ularning har biri uchun soliqning o‘z stavkasi belgilanadi.
O‘zgaruvchan soliqqa jismoniy shaxslarning eng kam ish haqidan 5 – 10
barobar ortiq bo‘lgan daromadiga solinadigan soliq misol bo‘la oladi.
Xususan, eng kam ish haqining beshdan o‘n barobarigacha bo‘lgan
miqdordagi daromadga solinadigan summasi minimal ish haqining besh
barobaridan ortiq bo‘lgan summadan 20 foizni tashkil etadi.
Davlat organlarining soliqlarni belgilash, amalga kiritish va bekor
qilish bo‘yicha vakolatlari hamda soliqlar kelib tushadigan davlat budjet
tizimi darajasiga qarab
umumdavlat va mahalliy soliqlar
ajratiladi.
Soliq to‘lovchilar bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar va
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar ajratiladi. Birinchi
guruhga
yuridik shaxslar daromadi yoki foydasiga solinadigan soliqlar va
ekologiya solig‘i kiradi, ikkinchi guruhga esa, jismoniy shaxslar daromadi
yoki foydasidan olinadigan soliqlar kiradi. Ko‘pgina umumdavlat va
mahalliy soliqlar jismoniy shaxslar tomonidan ham, yuridik shaxslar
tomonidan ham to‘lanadi. Jumladan aksiz solig‘i, yer osti boyliklaridan
foydalanganlik uchun olinadigan soliq, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i va
boshqa turlarini.
Ba’zan maxsus adabiyotlarda soliqlarning boshqa tasniflari ham
ajaratiladi. Xususan, soliq o‘tkaziladigan budjet darajasiga qarab ular
biriktirilgan va tartibga soluvchi soliqlarga bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: