183
5-modda.
Bu moddada talablarning va o‘quvchilarning o‘quv va
ishlab chiqarish amaliyoti, ilmiy tadqiqot ishlari va qiroatxonalarga
kitoblar sotib olishga ketadigan xarajatlar nazarda tutiladi.
8-modda.
Stipendiyalar. Bu modda bo‘yicha ajratmalar ta’lim olish-
ning shakliga qarab belgilanadi. Masalan, o‘quv
yurtlarining kunduzgi
bo‘limlarida ta’lim oluvchilarga ketadigan xarajatlar, kontrakt asosida
ta’lim oluvchi talabalarga ketadigan xarajatlardan farq qiladi.
10-modda.
Dori-darmonlar sotib olish. Ushbu modda bo‘yicha
xarajat-lar qilish, qoida bo‘yicha, sog‘liqni saqlash muassasalarining
smetalarida nazarda tutiladi.
12-modda.
Uskuna va anjomlar sotib olish. Pul mablag‘lari belgilan-
gan iqtisodiy normativlar asosida ajratiladi. Ajratmalarning hajmi
mablag‘lar ajratilayotgan budjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda
amalga oshiriladi.
15-modda.
Davlat kapital quyilmalari. Mazkur modda bo‘yicha
ajrati-
ladigan mablag‘lar yangi qurilish ishlariga, uskunalarni sotib olish va
ta’mirlashga, binolarni va qurilishlarni qayta ta’mirlashga yo‘naltirilishi
mumkin. Tasdiqlangan hujjatlar mavjud bo‘lganida xarajatlarni amalga
oshirish mumkin bo‘ladi.
16-modda.
Qurilishlarni va binolarni kapital ta’mirlash. Mazkur
modda bo‘yicha moliyalashtirish – ta’mirlashning hajmini
va bahosini
belgilovchi hamda faktik ijro etilganligini tasdiqlovchi texnik hujjat
mavjud bo‘lganida amalga oshiriladi.
18-modda.
Boshqa xarajatlar. Mazkur modda bo‘yicha ajratmalar
talabalar, o‘quvchilar, bolalar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni olib
borish, jismoniy tarbiya va boshqalarga yo‘naltirilishi mumkin.
Muassasalar budjet va boshqa manbalardan oladigan mablag‘lar
moliyaviy mablag‘larning yagona jamg‘armasini tashkil etadi. Moddiy va
unga tenglashtirilgan xarajatlarni qoplash uchun moliyaviy mablag‘larning
yagona jamg‘armasi hisobidan rejali tartibda manbalar tashkil qilinadi. Bu
xarajatlar jumlasiga 1,2,3,4,5,8,10,14 va 18-moddalarda ko‘rsatib o‘tilgan
xarajatlar kiradi. Bundan tashqari, moddiy va unga tenglashtirilgan
xarajatlar
jumlasiga kredit olganlik uchun to‘lovlar, shuningdek iqtisodiy sanksiyalar
sifatidagi to‘lovlar ham kiritilishi mumkin.
Qolgan mablag‘lar hisobidan, belgilangan normativ bo‘yicha, ishlab
chiqarish va ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu
jamg‘arma hisobidan smetaning 12,16 va 18-moddalaridagi xarajatlar
amalga oshiriladi.
184
Moliyaviy mablag‘larning yagona jamg‘armasining qolgan qismi
moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasini tashkil etishga yo‘naltiriladi.
Budjet va boshqa jamg‘armalardan ajratiladigan mablag‘lardan
maqsadga muvofiq va samarali foydalanish maqsadida xarajatlar ma’lum
bir me’yorga keltiriladi. Xarajat me’yorlari barcha uchun umumiy bo‘lgan
budjet mablag‘larini taqsimlash tamoyili asosida ishlab chiqiladi.
Xarajatlar me’yori
– bu vakolatli davlat organi tomonidan
belgilangan hisob birligiga ketadigan xarajatlar hajmidir.
Budjet
xarajatlari me’yorlari turli xususiyatlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Jumladan, mazmuniga ko‘ra:
moddiy
va
pul xarajatlari me’yorlari
;
yuridik xususiyatiga ko‘ra esa
:
majburiy me’yorlar
(ya’ni, davlat
boshqaruvi organlari aktlari bilan o‘rnatiladigan va o‘zgartirish mumkin
bo‘lmagan – ish haqi stavkalari va h.k.) va
hisob-kitob me’yorlariga
(masalan, hisob birligiga ketadigan o‘rtacha xarajatlar.
Hisob-kitob
me’yorlari muassasalarning o‘zlari tomonidan moliya organlari bilan
kelishilgan holda belgilanadi. Ularni belgilashda mazkur muassasaning
aniq sharoitlari inobatga olinadi) bo‘lish mumkin.
Xarajatlarni budjet me’yorlashi jarayonida O‘zbekiston Respublikasi
Hukumati – yagona me’yorlash bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar
hajmining normativlarini, masalan, ish haqiga ajratmalar foizini
belgilab
beradi.
Budjet muassasalarini saqlashga qilinadigan ajratmalarning katta
qismini smetaning 1-moddasida nazarda tutilgan xarajatlar tashkil etadi.
Shu sababli smetalarni tayyorlash vaqtida ish haqiga ketadigan
xarajatlarni me’yorlash katta ahamiyatga ega.
Budjet muassasasi uchun ish haqi jamg‘armasi - xodimlar shtatidan
(muassasa uchun belgilangan ro‘yxat bo‘yicha mansablar soni) va ish
staji, ma’lumotiga bog‘liq holda belgilanadigan normativlar bo‘yicha, ish
haqi stavkalaridan kelib chiqqan holda, belgilanadi.
Budjet muassasalarining xarajat smetalarini tayyorlash va ijro
etish
normativ aktlar asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tayyorlash
va ijro etishga qaratilgan davlat tashkilotlari va muassasalarining faoliyati
budjet jarayoni bosqichlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib,
smeta
jarayoni
deb ataladi. Smetalarni tayyorlash – budjet loyihasini
tayyorlashning tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Smeta bo‘yicha
xarajatlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi budjet tasdiqlangandan
so‘ng, smeta yuridik kuchga ega bo‘ladi.
185
Smeta loyihasi budjet loyihasini ishlab chiqish jarayonida
tayyorlanadi. Har bir muassasa uchun smeta loyihasini tayyorlash
muddatlari yuqori turuvchi organlar tomonidan belgilab beriladi. Budjet
muassasalari smeta bo‘yicha xarajatlarni belgilash vaqtida amaldagi
qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining, yuqori
turuvchi tashkilotlarning
qarorlariga, xarajatlar me’yorlariga, normativlariga va boshqalarga
asoslanadilar. Har bir muassasa moddiy va moliyaviy mablag‘larning
samarali foydalanilishini ta’minlashi lozim.
Dostları ilə paylaş: