177
kapital qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladigan investitsiya
faoliyatida davlatning bevosita ishtirok etishi,
ya’ni:
-
respublikaning xorijiy davlatlar bilan amalga oshiradigan invest-
titsiya loyihalarini tayyorlash, tasdiqlash va moliyalashtirish;
-
davlat ehtiyojlari uchun muhim bo‘lgan qurilishlar va boshqa
texnik obyektlarning ro‘yxatini tuzish hamda
budjet hisobidan moliya-
lashtirish;
-
tanlov asosida investitsiya loyihalarini budjet mablag‘laridan
moliyalashtirishda kafolat berish;
-
tanlov asosida investitsion loyihalarni moliyalashtirishda budjet
mablag‘larini jalb etish;
-
qonunchilik hujjatlariga binoan investitsiya loyihalarini eksperti-
zadan o‘tkazish;
-
davlat standartlarini (me’yor va qoidalarini) ishlab chiqish va
tasdiqlash hamda ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
-
obligatsiya zayomlarini chiqarish va h.k.
Amaldagi qonunchilikka binoan kapital quyilmalar asosan uch
manba hisobidan moliyalashtiriladi:
a) budjet mablag‘lari
hisobidan;
b) tashkilotlarning mablag‘lari hisobidan; d) bank ssudalaridan.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning manbalari jumlasiga quyida-
gilar kiradi:
a) investorning moliyaviy mablag‘lari va ichki xo‘jalik zahiralari.
Bunga daromad; amortizatsion ajratmalar; sug‘urta hodisasi yuz
berganida sug‘urta organlari tomonidan to‘lanadigan pul mablag‘lari va
boshqalar kiradi;
b) investorlarning qarzga olgan moliyaviy mablag‘lari, ya’ni bank va
budjet kreditlari, obligatsiyalarni qarzga olish va
boshqalar;
d) investorlarning jalb etilgan moliyaviy mablag‘lari, masalan,
qimmatli qog‘ozlarni sotishdan olingan mablag‘lar, mehnat jamoala-
rining, fuqarolar va yuridik shaxslarning pay va boshqa to‘lovlari;
ye) belgilangan tartibda korxonalar birlashmasi tomonidan markaz-
lashtiriladigan pul mablag‘lari;
f) budjet tizimi va budjetdan tashqari jamg‘armalardan ajratmalar;
g) chet el investitsiyalari.
Korxonalar va boshqa tijorat tashkilotlari xarajatlarni o‘z mablag‘lari
hisobidan moliyalashtiradilar. Ularning mablag‘lari ko‘p jihatdan ishlab
chiqarish va ijtimoiy rivojlanishga bog‘liq bo‘ladi.
178
Asosiy jamg‘armalarni tashkil etish va qayta tashkil etish uchun
qilinadigan davlat markazlashgan kapital qo‘yilmalari shaklidagi
investitsiyalar – budjetlar tomonidan qaytarib bermaslik yoki qaytarib
berish asoslarida moliyalashtiriladi. Ular xalq xo‘jaligini qayta tashkil
etishni, O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqarish
va noishlab
chiqarish qobiliyatini saqlash va rivojlantirishni ta’minlaydi.
Qurilishlar va obyektlar bo‘yicha
kapital qo‘yilmalarni moliya-
lashtirish bir yoki bir necha manbalar hisobidan amalga oshirilishi
mumkin. Masalan, tasdiqlangan qurilish va obyektlar ro‘yxati asosida
budjet mablag‘lari hisobidan kapital qo‘yilmalar qaytarib bermaslik sharti
bilan moliyalashtirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: