175
Davlat sarf-xarajatlari korxonalarning daromadidan, amortizatsion
ajratmalardan, uzoq muddatli bank ssudalaridan
va boshqalardan ham
qoplanishi mumkin.
Davlat xarajatlari budjet xarajatlariga qaraganda keng tushuncha
bo‘lib, budjet xarajatlari uning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Davlat budjeti xarajatlari – budjet mablag‘lari hisobidan qoplana-
digan va davlat vazifa va funksiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan davlat
xarajatlaridir.
Davlat xarajatlari qaysi yo‘nalishda bo‘lishidan qat’i nazar,
quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
mablag‘larni maqsadli
yo‘naltirish; mablag‘lardan
maksimal foydalanish; iqtisodiyot rejimiga
rioya etish; davlat moliyaviy intizomiga rioya etilishini ta’minlash
maqsadida moliyaviy nazoratni amalga oshirish.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodida, xalq xo‘jaligida yuz bergan
o‘zgarishlar budjet mablag‘larini moliyalashtirishda ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatdi. Endilikda budjet mablag‘larini olish zarurati yuzaga kelganda
va yuqoridagi tamoyillarga asoslanib budjet mablag‘larini
ajratish
imkoniyati bulmagan holatlarda, moliyalashtirish ishtirokchilari qonunga
asosan ma’lum bir haq evaziga qaytarib berish sharti bilan budjetdan pul
mablag‘larini olishlari mumkin.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, davlat budjeti mablag‘lari – moddiy ishlab
chiqarishga va davlat zahiralarini tashkil etishga xarajat qilinadi. Davlat
budjeti xarajatlarining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra, budjet
moliyalashtirishining quyidagi ikki rejimi mavjud: tijorat tashkilotlarini
moliyalashtirish rejimi va smeta-budjet rejimi.
Xalq xo‘jaligini moliyalashtirish.
Xalq xo‘jaligiga
qilinadigan
xarajatlarning asosiy qismi sanoatni, uning sohalarini rivojlantirishga
yo‘naltiriladi. Xalq xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar ichida mamlakat
agrosanoat kompleksini, yerlarning melioratsiyasini moliyalashtirishga
ketadigan xarajatlar markaziy o‘rinni egallaydi.
Xalq xo‘jaligi sohalariga pul mablag‘lari (investitsiya)ni jalb etish,
davlat organlari va korxonalarning o‘zlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda asosiy jamg‘armalarni tashkil etishni investitsiyalash – kapital
qo‘yilmalar shaklida amalga oshiriladi.
Kapital quyilmalar davlat va jamiyat rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
Mamlakatda aholining moddiy va madaniy hayot tarzini
oshirish, ishlab
chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, mehnat
unumdorligini yaxshilash uchun kapital qo‘yilmalar hajmini ko‘paytirish
lozim bo‘ladi.
176
Davlat va mahalliy budjetlarda kapital qo‘yilmalar maxsus guruhlarda
ko‘rsatib o‘tiladi. Kapital qo‘yilmalarning majmui – budjet rivojlanishini
tashkil etadi.
Budjet xarajatlari ichida kapital qo‘yilmalar alohida ahamiyatga ega
bo‘lib, budjet mablag‘larini (davlat va mahalliy zahiralarni tashkil etish
uchun) asosiy jamg‘armalarga va nomoddiy aktivlarga jalb etish bilan
bog‘liqdir.
Kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishni
tartibga soluvchi asosiy
normativ hujjat – O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi
to‘g‘risida»gi qonuni.
Kapital quyilmalarni moliyalashtirish
– bu yangi jamg‘armalarni
tashkil etish, harakatda bo‘lgan jamg‘armalarni kengaytirish va qayta
tiklash maqsadida davlat pul mablag‘larini yig‘ish, taqsimlash va
foydalanish bo‘yicha huquqiy me’yorlar bilan tartibga solingan davlat
faoliyati.
Davlat hokimiyati organlari kapital quyilmalarni tartibga solishda bir
necha shakl va usullardan foydalanadi
Dostları ilə paylaş: