179
budjetdan hamda budjetdan tashqari jamg‘armalardan daromadlar va
xarajatlar smetalari asosida moliyalashtiriladi.
Ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya muas-
sasalari, madaniyat muassasalari va
boshqa
ijtimoiy-madaniy sohadagi
muassasalar
smeta-budjet yo‘li bilan moliyalashtiriladi.
Turli budjetlardan moliyalashtiriladigan ijtimoiy-madaniy tadbirlar va
sohalar ichida
ta’lim va kadrlarni tayyorlash
(oliy o‘quv
yurtlari,
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari, malaka oshirish institutlari va
h.k.) yetakchi o‘rinni egallaydi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining
31-moddasiga binoan davlat ta’lim muassasalarini moliyalash respublika
va mahalliy budjetlar mablag‘lari, shuningdek budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilikka binoan davlat ta’lim sohasidagi ehtiyojlarga
moliyaviy mablag‘lar ajratilishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida maktablar mahalliy budjetlar hisobidan
moliyalashtiriladi.
Qonun hujjatlariga binoan o‘quv yurtlari qo‘shimcha tarzda jalb
qilinadigan moliyaviy mablag‘larga ham ega bo‘lishlari mumkin
(masalan, ma’lum bir xizmatlar ko‘rsatishdan kelib tushadigan
mablag‘lar; yuridik va jismoniy shaxslarning xayr-ehsonlari va h.k.).
Xalq xo‘jaligini va mamlakat kelajagini
rivojlantirishda kadrlar
tayyorlash ishini tashkil etish katta ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgust qonuni bilan
tasdiqlangan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 4.8.-bandiga binoan
ta’limni va kadrlar tayyorlashni moliyalash tizimi takomillashtiriladi,
uning ko‘p variantli (budjetdan ajratiladigan va budjetdan tashqari
manbalardan) tizimi joriy etiladi, ta’lim muassasalarining o‘zini o‘zi pul
bilan ta’minlashi rivojlantiriladi, xususiy hamda chet el investitsiyalarini
ta’lim sohasiga jalb etish rag‘batlantiriladi.
Respublika fuqarolari uchun keyinchalik ularni to‘lashning
moslashuvchan tizimiga asoslangan ta’lim kreditlari berish mexanizmi
shakllantirildi. Uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini moddiy
jihatdan qo‘llab-quvvatlashda donorlar
va homiylarning mavqyei
kuchayib bormoqda.
Pullik ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, tadbirkorlik, maslahat, ekspert,
noshirlik, ishlab chiqarish, ilmiy hamda ustavda belgilab quyilgan vazifa-
larga muvofiq boshqa tarzdagi faoliyat hisobidan ta’lim muassasalarining
daromadlari ko‘payishi ta’minlanadi.
180
Ijtimoiy-madaniy sohalardagi muassasalarni va tadbirlarni moliya-
lashtirishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri bu muassasalar
faoliyatida
tijorat tamoyillarini rivojlantirish hisoblanadi. Jumladan, oliy ta’limni
moliyalashtirishning manbalari:
budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
ma’lum bir xizmatlar ko‘rsatishdan, ijtimoiy va ijodiy buyurt-
malarni bajarishdan kelib tushadigan mablag‘lar;
ta’lim oluvchilarning to‘lovlari;
bank kreditlari va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Oliy o‘quv yurtlarining jamg‘armalarini tashkil etish tasdiqlangan
yagona normativlar asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida
sog‘liqni saqlash
sohasi ham smeta-
budjet yo‘li bilan moliyalashtiriladi. Sog‘liqni saqlash sohasi budjet
mablag‘-laridan, aholiga pullik xizmat ko‘rsatishdan kelib tushadigan
mablag‘lar hisobidan va qonun hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan boshqa
mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Tashkil etiladigan jamg‘armalar
sog‘liqni saqlash muassasasining smetasi bo‘yicha sarflanadi.
Bundan tashqari,
jismoniy tarbiya sohasi, yoshlar siyosati sohasidagi
tadbirlar, fundamental tadqiqotlar
ham budjet mablag‘lari hisobidan
moliyalashtiriladi.
Smeta-budjet yo‘li bilan
mudofaa
sohasi ham (O‘zbekiston Respub-
likasi Qurolli kuchlarini saqlash, harbiy texnikani sotib olish,
ilmiy
tadqiqot va konstruktorlik ishlari, kapital qurilish va h.k.) moliyalash-
tiriladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 11-mayda
qabul qilingan yangi tahrirdagi «Mudofaa to‘g‘risida»gi qonunning
24-moddasiga binoan mudofaa ehtiyojlarining moliyalashtirilishi va
moddiy-texnika ta’minoti qonun hujjatlariga muvofiq davlat budjeti
mablag‘lari hamda boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Mudofaaga ajratiladigan mablag‘lardan belgilangan maqsadda
foydalanishi ustidan nazorat qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Davlat mablag‘laridan foydalanishning asosiy yo‘nalishlaridan biri –
bu
davlat boshqaruvi
sohasidagi xarajatlardir. Budjet mablag‘lari
hisobidan davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari, ya’ni
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va boshqa vakillik organlari,
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari
hamda ularning
joylardagi mahalliy organlari, boshqa davlat organlarining xarajatlari
moliyalashtiriladi.
181
Smeta-budjet yo‘li bilan moliyalashtirish
huquqni muhofaza qiluvchi
organlar, xavfsizlik organlari, sud va prokuratura organlariga
nisbatan
ham tatbiq qilinadi.
Dostları ilə paylaş: