O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   161
Moliya huquqi

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. Davlat qarzini boshqarish usullarini ayting. 
2. Davlat krediti tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari deganda nimani 
tushunasiz? 
3. Davlat xarajati usullari nima? 
4. Davlatning soliqdan tashqari daromadlari turlarini ayting. 
6-MAVZU: SOLIQ TIZIMI. SOLIQ VA SOLIQDAN TASHQARI 
TO‘LOVLARNI YIG‘ISH TARTIBI
1. «Soliq va soliq siyosati» tushunchasi. 
2. Soliq tizimi va uning turlari. 
3. Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning funksiyalari. 
4. Soliq ishini yuritish va uning huquqiy ahamiyati. 
1. «Soliq va soliq siyosati» tushunchasi 
Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitlarida davlat iqtisodiy 
siyosatini amalga oshirishning bosh tartibga soluvchi dastagi soliqlar 
bo‘lib bormoqda, ular davlat budjeti daromad qismini eng muhim 
umumdavlat xalq xo‘jalik vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan 
miqdorlarda shakllantirishni ta’minlash uchun qaratilgan.
Soliqlar tovar ishlab chiqarishi va davlatning paydo bo‘lishi bilan 
birga vujudga kelgan bo‘lib, ushbu davlatga ommaviy hokimiyatning 
asosiy ajralmas qismlari bo‘lgan armiya, sud, amaldorlarni saqlash hamda 
davlatning boshqa ehtiyojlari uchun pul mablag‘lari talab qilingan. 


186
Iqtisodiy nuqtai nazardan soliqlar pul munosabatlari tizimidan iborat 
bo‘lib, ular vositasida, bir tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar 
o‘rtasidagi munosabatlar, ikkinchi tomondan, davlat bilan davlat 
mablag‘larini shakllantirish bo‘yicha munosabatlar amalga oshirilgan. 
Soliqlar hisobiga davlat moliyaviy resurslarining asosiy qismi 
shakllantiriladi, ular davlat budjetiga kelib tushadi va jamiyat ehtiyojlari 
uchun foydalaniladi. Shu munosabat bilan soliqlarning iqtisodiy tabiatini 
aniqlashda ularning davlat moliya-budjet tizimiga mohiyatan tegishli 
bo‘lishi eng muhim mezon bo‘lib hisoblanadi.
Soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi eng muhim xusu-
siyatlar 
soliq to‘lovlarining beg‘arazligi, bu to‘lovlarning majburiyligi, 
ularni joriy etish va undirib olish tartibi, soliqning aniq miqdorini hamda 
uni amalga kiritishning aniq muddatini belgilashdan 
iborat.
Soliq to‘lovlarining beg‘arazliligi 
shuni anglatadiki, soliqlar shaklida 
budjetga kiritiladigan pul mablag‘lari maqsadli yo‘nalishga ega emas. 
Ular yuridik va jismoniy shaxslardan davlat mulkiga beg‘araz o‘tkaziladi 
hamda davlat tomonidan iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, mudo-
faani moliyalashtirish, davlat apparatini saqlash uchun yo‘naltiriladi.
Davlat soliq to‘lovchilarga ular tomonidan budjetga kiritilgan 
mablag‘lar uchun hyech qanday bevosita kompensatsiyalarni bermaydi, 
ya’ni aniq to‘lovchi tomonidan to‘langan soliq hajmi bilan o‘sha soliq 
hisobidan unga beriladigan ijtimoiy ne’matlar hajmi o‘rtasida to‘g‘ri, 
bevosita aloqa yo‘q. Shu bilan soliq (tovar yoki xizmatlarni ixtiyoriy 
ist’mol qilish uchun to‘lov sifatidagi) narxdan yoki majburiy va ixtiyoriy 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan, ammo hamma vaqt davlat tomonidan 
ko‘rsatilgan xizmatlar uchun muayyan foyda olish bilan bog‘liq 
kompensatsion yig‘imlardan farq qiladi. 
Ammo soliq to‘lovlarining beg‘arazlilik xususiyati davlat soliqlarni 
olib, ularni to‘lovchilarga muayyan moddiy ne’matlarni bermaydi, degan 
ma’noni anglatmaydi. Ma’lumki, bepul ta’lim olish, tibbiy xizmat 
ko‘rsatish, pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy 
ta’minlash uchun mablag‘lar asosan davlat budjetining soliqlar hisobidan 
shakllantiriladigan daromad qismidan ajratiladi. 
Har bir soliq to‘lovchi uchun davlatga to‘lanadigan soliqlar hajmi 
bilan undan olinadigan moddiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri, 
ko‘zga ko‘rinadigan aloqaning yo‘qligi uning soliqqa go‘yoki zimmasiga 
tushadigan bir yuk sifatida qarashi uchun sabab bo‘ladi, zeroki soliq 
to‘lovchilar ushbu mablag‘lar hisobidan moliyalanadigan davlat 


187
xarajatlari yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Ayrim to‘lovchilar-
ning soliq to‘lashdan qochishi, o‘z daromadlarini kamaytirib ko‘rsatishga 
intilishi mana shundandir.
Soliq yuridik mohiyatining 
majburiylik xususiyati 
shundan iboratki, 
soliq to‘lovchilar qonun kuchi bilan muayyan shart-sharoitlarda soliqlarni 
to‘lashi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-
moddasiga muvofiq soliqlarni to‘lash barcha fuqarolarga bir xil 
majburiyat ekanligi qonun normalarida o‘z ifodasini topgan. Ko‘pgina 
rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalarida ham fuqarolar soliq to‘lash 
majburiyati konstitutsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, bu – soliqlarning 
davlat uchun alohida muhim ekanligi va ularning ahamiyatini namoyon 
etadi. 
Soliqlar majburiyati hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tegishli 
organlar orqali davlat kuchi bilan ta’minlanadi va shu sababli soliqlarni 
to‘lash ixtiyoriy emas, balki majburiylik xususiyatiga ega.
Soliqlarning muhim yuridik belgisi 
ularni belgilash va joriy etish 
tartibi 
hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish 
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladi. 
Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har qanday 
majburiy to‘lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas. 
Va, nihoyat, soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir 
belgisi shundan iboratki, ularni to‘lash orqali oldindan qonunchilikda 
belgilangan tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib 
olinadi. Davlat davlatning budjet tizimi daromad qismiga o‘tkaziladigan 
soliqlar miqdori va ularni to‘lash muddatlarini 
belgilaydi, qonunda 
belgilangan ko‘rsatmalarni buzgan soliq munosabatlari subyektlariga 
nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llaydi.
Ko‘pgina mamlakatlar qonunchiligi, shu jumladan O‘zbekiston 
qonunchiligida soliqlarni va ularning miqdorlarini belgilash huquqi faqat 
yuqori qonunchilik hokimiyatiga berilgan. Hyech kim o‘z xohishi 
bo‘yicha yangi soliqlarni yoki ularning miqdorini belgilashga haqli emas. 
Shunday qilib, 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin