187
xarajatlari yo‘nalishini ma’qullashlari ham mumkin. Ayrim to‘lovchilar-
ning soliq to‘lashdan qochishi, o‘z daromadlarini kamaytirib ko‘rsatishga
intilishi mana shundandir.
Soliq yuridik mohiyatining
majburiylik xususiyati
shundan iboratki,
soliq to‘lovchilar qonun kuchi bilan muayyan shart-sharoitlarda soliqlarni
to‘lashi shart. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 51-
moddasiga muvofiq soliqlarni to‘lash barcha fuqarolarga bir xil
majburiyat ekanligi qonun normalarida o‘z ifodasini topgan. Ko‘pgina
rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalarida ham fuqarolar soliq to‘lash
majburiyati konstitutsiyaviy xususiyatga ega bo‘lib, bu – soliqlarning
davlat uchun alohida muhim ekanligi va ularning ahamiyatini namoyon
etadi.
Soliqlar majburiyati hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan tegishli
organlar orqali davlat kuchi bilan ta’minlanadi va shu sababli soliqlarni
to‘lash ixtiyoriy emas, balki majburiylik xususiyatiga ega.
Soliqlarning muhim yuridik belgisi
ularni belgilash va joriy etish
tartibi
hisoblanadi. Soliqlarni belgilash hamda ularni undirib olish
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va shartlarda amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan qonunchilikda nazarda tutilmagan har qanday
majburiy to‘lovlar soliq hisoblanishi mumkin emas.
Va, nihoyat, soliqlarning yuridik mohiyatini tashkil etuvchi yana bir
belgisi shundan iboratki, ularni to‘lash orqali oldindan qonunchilikda
belgilangan tartibda daromadning bir qismi davlat foydasiga undirib
olinadi. Davlat davlatning budjet tizimi daromad qismiga o‘tkaziladigan
soliqlar miqdori va ularni to‘lash muddatlarini
belgilaydi, qonunda
belgilangan ko‘rsatmalarni buzgan soliq munosabatlari subyektlariga
nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llaydi.
Ko‘pgina mamlakatlar qonunchiligi, shu jumladan O‘zbekiston
qonunchiligida soliqlarni va ularning miqdorlarini belgilash huquqi faqat
yuqori qonunchilik hokimiyatiga berilgan. Hyech kim o‘z xohishi
bo‘yicha yangi soliqlarni yoki ularning miqdorini belgilashga haqli emas.
Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: