O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Smeta-budjet yo‘li bilan moliyalashtirish tartibi va turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161
Moliya huquqi

Smeta-budjet yo‘li bilan moliyalashtirish tartibi va turlari. 
Oldingi paragrafda O‘zbekiston Respublikasida smeta-budjet yo‘li bilan 
moliyalashtiriladigan sohalar to‘g‘risida qisqacha tushuncha hosil qildik. 
Ushbu sohalar belgilangan tartibda tasdiqlanadigan smetalar asosida 
moliyalashtiriladi. Smeta-budjet yo‘li bilan moliyalashtirish tartibi 
to‘g‘risida so‘z yuritishdan oldin, smetaning o‘zi nima degan savolga 
javob berishimiz lozim.
Smeta – bu qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiq-lanadigan 
moliyaviy-rejali akt hisoblanadi. 
Smetalar orqali muassasalar va tashkilotlarning xarajatlarini qop-
lashga ketadigan pul mablag‘larining hajmi belgilab beriladi. Bundan 
tashqari, smetalarda pul mablag‘lari qanday maqsadlarda (yo‘nalishlarda) 
foydalanilishi hamda ularning choraklar bo‘yicha taqsimlanganligi 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham ko‘rsatib o‘tiladi.
Shunday qilib, 
smeta 
– bu moliyaviy-rejali akt bo‘lib, muassasalarni 
va tashkilotlarni saqlashni nazarda tutuvchi pul mablag‘larining hajmini, 
maqsadli yo‘nalishini va choraklar bo‘yicha taqsimlanganligini belgilab 
beradi. 
Smeta orqali budjet muassasasi rahbarining tegishli budjetdan 
ajratiladigan mablag‘lardan maqsadga muvofiq foydalanishi sohasidagi 
huquq va majburiyatlari belgilab beriladi. 
Moliya organlari smetalar, ya’ni moliyaviy-rejali aktlar asosida 
mablag‘larni ajratadilar hamda ularning maqsadga muvofiq foydalanilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradilar. 
Demak, smeta asosida bir tomonda budjet xarajatlar qismini ijro 
etuvchi – budjet muassasalari rahbarlari va ikkinchi tomonda davlat 
manfaatlarini ko‘zlab harakat qiluvchi – moliya organlari o‘rtasida 
moliyaviy-huquqiy munosabatlar yuzaga kelib, bunda ular ma’lum bir 
huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladilar. 
Muassasalar va tadbirlarni qamrab olish doirasiga qarab, smetalarni 
quyidagilarga bo‘lishimiz mumkin: 
individual (yakka) smeta 
– ma’lum bir muassasaning o‘ziga xos 
xususiyatini belgilab beruvchi smeta. Bir turdagi budjet tashkilotlari 
uchun xarajatlar smetasining namunaviy shakli joriy etiladi. Xarajatlar 
smetasining namunaviy shaklida:


182
birinchidan, 
muassasa to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar, choraklar 
bo‘yicha taqsimlangan va yo‘naltirilgan xarajatlarning umumiy summasi;
ikkinchidan,
xarajatlarni belgilashda zarur bo‘ladigan kundalik ishlab 
chiqarish ko‘rsatkichlari;
uchinchidan,
smetaning ayrim moddalari bo‘yicha hisob-kitoblar 
ko‘rsatib o‘tiladi. 
Individual (yakka) smetalarning shakli O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi tomonidan belgilab beriladi; 
markazlashgan tadbirlar smetasi markazlashgan 
tadbirlarni o‘tka-
zishga ketadigan xarajatlarni nazarda tutuvchi markazlashgan tadbirlar 
smetasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy hokimiyat 
organlari tomonidan tayyorlanadi; 
yig‘ma smetalar 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, ijro etuvchi organlari 
tizimidagi muassasalar va tashkilotlarning individual (yakka) smetalarini 
hamda markazlashgan tadbirlarga ketadigan xarajatlar smetasini o‘zida 
birlashtiradi.
Yig‘ma smetalarning shakli ham O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan belgilab beriladi. 
Smetalar bir necha moddalardan tashkil topgan bo‘lib, uning har bir 
moddasida majburiylik xususiyatiga ega bo‘lgan bir turdagi xarajatlar 
guruhi aks ettiriladi. Masalan, ayrim smeta moddalarini ko‘rib chiqamiz. 
1-modda. 
Ish haqi. Bunda lavozimiga, belgilangan oklad va 
stavkalarga, professional kategoriyasiga, o‘rindoshlik to‘lovlariga, ustama 
va belgilangan qo‘shimchaga qarab ish haqi to‘lashga ketadigan barcha 
xarajatlar ko‘rsatib o‘tiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin