O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161
Moliya huquqi

2. Soliq tizimi va uning turlari 
Soliq tizimi 
deganda, mohiyati jihatidan bir xil bo‘lgan va markaz-
lashgan pul fondiga tushadigan soliq turlarining yig‘indisi tushuniladi. 
Tizim bu – yig‘ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri 
bilan bog‘liqligi ham ifoda etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (1997-yil 24-aprelda 
qabul qilingan va 1998-yil 1-yanvardan kuchga kirgan) ning 2-bobida 
soliqlar tizimi berilgan bo‘lib, ushbu bobning 5-moddasiga binoan, 
O‘zbekiston Respublikasi hududida: umumdavlat soliqlari, mahalliy 
soliqlar va yig‘imlar amal qiladi. 
Umumdavlat soliqlari 
deganda, respublika budjetiga kelib tushadigan 
va respublika miqyosida sarflanuvchi soliqlarni tushunamiz. 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 6-moddasida umum-
davlat soliqlari berilgan bo‘lib, bu moddaga asosan quyidagi soliqlar 
umumdavlat soliqlari bo‘lib hisoblanadi: 
1) yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; 
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 
3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 
4) aksiz solig‘i; 
5) yer osti boyliklaridan foydalanganlik uchun soliq; 
6) ekologiya solig‘i; 
7) suv resurslaridan foydalanilganlik uchun soliq. 
Umumdavlat soliqlari har yili qonuniy tartibda belgilanadigan 
normativlar bo‘yicha tegishli budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
Mahalliy soliqlar 
deganda, mahalliy budjetga kelib tushadigan va 
mahalliy doirada ishlatiluvchi soliqlarni tushunamiz. 


197
Soliq kodeksining 7-moddasida mahalliy soliqlar va yig‘imlar 
berilgan bo‘lib, bularga quyidagilar kiradi: 
– mol-mulk solig‘i; 
– yer solig‘i; 
– infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; 
– reklama solig‘i; 
– jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yonilg‘isi va 
suyultirilgan gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; 
– savdo-sotiq qilish xuquqi uchun yig‘im, shu jumladan, ayrim 
turlardagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi litsenziya yig‘imlari; 
– yuridik shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-
lanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im. 
Soliq tizimini quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: 
1. Soliq tizmini soliq obyektiga qarab 3 guruhga bo‘lish mumkin:
a) oborotdan olinadigan soliqlar; 
b) daromaddan olinadigan soliqlar
d) mulklar qiymatidan olinadigan soliqlar. 
Oborotdan olinadigan soliqlarga: qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, 
konlardan foydalanilganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan 
olinadigan soliqlarga foyda solig‘i va daromad solig‘i kiradi. 
Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i kiradi. 
2. Iqtisodiy mohiyatiga qarab to‘g‘ri va egri soliqlarga bo‘lish 
mumkin. 
To‘g‘ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining 
daromadidan (foydasidan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy 
soliq to‘lovchi bitta shaxs bo‘ladi. Soliq ilgaridan aniq belgilangan bo‘ladi. 
Uning manbai bo‘lib, korxona va tashkilotlarning xo‘jalik faoliyati natijasida 
erishilgan moliyaviy yakun hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbai bo‘lib 
to‘g‘ridan -to‘g‘ri aholining daromadi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig‘i, 
yer solig‘i to‘g‘ri soliqlarning eng yiriklaridandir. 
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga 
bog‘liq bo‘lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga 
(bahosiga) ustama tarzda belgilanadi. Ular so‘zsiz tovar qiymati va 
xizmat summasini oshiradi va iste’molni kamaytiradi. Bu soliqlar ba’zan 
iste’mol soliqlari deb ham ataladi. Bunday qaraganda, ularni go‘yo 
mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi to‘layotganday bo‘ladi. 
Aslida esa ularning haqiqiy to‘lovchisi tovar va xizmatlarni iste’mol 
qiluvchilar bo‘ladi. Egri soliqlar guruhiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, 


198
konlardan foydalanganligi uchun soliq, aksiz solig‘i, bojxona bojlari 
kiradi. 
3. 
Paydo bo‘lish manbaiga qarab soliqlar yuridik va jismoniy 
shaxslardan,
ya’ni korxonalar va aholidan olinadigan soliqlarga bo‘linadi. 
1998-yil rejasiga qaraganda, davlat budjetiga tushishi lozim bo‘lgan 
daromadlarning 80 % dan oshiqrog‘ini korxonalardan olinadigan soliqlar
14 % ga yaqinini fuqarolardan olinadigan soliqlar va qolgan qismini 
soliqsiz to‘lovlar tashkil etishi mo‘ljallangan. 
4. Budjetga o‘tkazish nuqtai nazaridan soliqlar davlat va mahalliy 
soliqlarga bo‘linadi.
Davlat soliqlari respublika budjetiga tushadigan 
soliqlardir. Bundan tashqari, lozim bo‘lganda quyi (mahalliy) budjetlar 
faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida ularga ajratma yoki subvensiya 
ko‘rinishida yordamlashishi mumkin. 
Mahalliy soliqlar esa, to‘g‘ridan - to‘g‘ri mahalliy budjetlarga 
to‘lig‘icha to‘lanadi. Ular biriktirilgan daromadlar deb atalib, boshqa 
budjetlarga taqsimlanmaydi. 
Soliq tizimiga amaliyotda soliqlardan tashqari soliqsiz to‘lovlarni 
ham qo‘shib hisoblash tajribasi mavjud. 
Soliq tizimining quyidagi asosiy elementlari mavjud: 
soliq stavkasi 
– soliq turida budjetga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 
daromadning (foydaning, mol-mulkning) ma’lum qismi; 
soliq 
setkasi (jadvali)
– qonuniy belgilangan foiz sifatida budjetga 
o‘tkazilishi zarur bo‘lgan daromadning qismi; 
soliq 
asosi 
– soliq solinishi zarur bo‘lgan daromad yoki mol-mulk 
miqdori; 
soliq 
imtiyozlari 
– soliq to‘lovchilarga davlat tomonidan beriladigan 
yengilliklar: soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq to‘lash shartini 
yengillashtirish yoki soliqdan to‘liq ozod qilish; 
soliq 
hisoblash 
– soliq solinadigan daromadga soliq stavkasini 
(jadvalini) qo‘llash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin