199
to‘g‘risida»gi qonunda soliqqa tortishning 4 ta prinsipi ko‘rsatilgan. Bular
quyidagilar:
1) manbalaridan qat’i nazar hamma daromadlarni
soliqqa tortish
majburiydir;
2) umumiy davlat soliq siyosati atrofida hamma darajadagi ma’muriy
hududlarning soliq faoliyatidagi mustaqilligini hisobga olib yagona
umumdavlat soliqqa tortish siyosatini yuritish;
3) faoliyati muhim ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik muammolarga hamda
xo‘jalik yuritashning ilg‘or shakllariga qaratilgan faol ishlovchi
korxonalar imtiyozlar tizimi orqali soliqlarning qiziqtiruvchi
rolini
ta’minlash;
4) soliq to‘lovlari bo‘yicha deklaratsiyalar, tekshirishlar va taftishlar
o‘tkazish qonunchiligini buzganlarga iqtisodiy jazolar qo‘llash bilan
moliyaviy nazorat o‘rnatishdan iboratdir.
Har qanday davlatda soliqlarning roli ular bajaradigan funksiyalar
bilan belgilanadi. Soliq funksiyasi deganda, uning mohiyatining harakatda
namoyon bo‘lishi, uning xususiyatlarini ifodalash usuli tushuniladi.
Funksiya ushbu iqtisodiy kategoriyaning qiymatni
taqsimlash va
daromadlarni qayta taqsimlash vositasi sifatidagi ijtimoiy vazifasi qay
tarzda amalga oshirilishini ko‘rsatadi. Soliqlarga
fiskal, tartibga solish va
qayta taqsimlash
funksiyalari xosdir.
Soliqlar funksiyalari doimiy ravishda rivojlanib boradi va bunda ular
bir-biriga juda bog‘liq bo‘lib, bir vaqtda amalga oshiriladi. Ushbu holat
ular o‘rtasida muayyan qarama-qarshiliklarni ham yuzaga keltiradi.
Davlatning soliqlarni oshirish yo‘li bilan keyinchalik ularni budjet orqali
iqtisodiyotni va ijtimoiy sohani rivojlantirishga ta’sir etish uchun o‘z
qo‘lida imkon qadar ko‘proq moliyaviy mablag‘larni to‘plashga bo‘lgan
intilishi ularning fiskal funksiyasini kuchaytirishga olib keladi. Shu bilan
birga, davlat tomonidan soliqlar yordamida qancha ko‘p mablag‘ olinsa,
foyda (daromad) olish maqsadidagi faol ish faoliyatga bo‘lgan
qiziqish
shunchalik kamayadi, ya’ni tartibga soluvchi funksiya samaradorligi
pasayadi. Demak, soliqlarning fiskal va rag‘batlatlantiruvchi mohiyati
o‘rtasida muvozanat bo‘lishiga rioya qilinishi shart.
Bir tomondan, ular
budjetga moliyaviy mablag‘larning eng ko‘p darajada kelib tushishini
ta’minlashi, ikkinchi tomondan esa tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga
yordam berishi lozim.
Lekin jahon soliq qonunchiligida iqtisodchi va huquqshunos olimlar
soliqqa tortishning quyidagi besh prinsipi bo‘lishini ko‘rsatib o‘tishgan.
200
1. Tenglik va samaradorlik.
Iqtisodiy faoliyat obyektlarini teng
soliqqa tortish va teng soliq og‘irligini ta’minlash soliq to‘lovchilar uchun
qarorlar qabul qilishga va resurslarning
samarali taqsimlanishiga
to‘sqinlik qilmasligi zarur.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yuridik va jismoniy shaxslar bozorda
qatnashishda teng huquqqa ega bo‘lishlari, soliqqa tortish va soliq og‘irligi
ham ular uchun teng bo‘lishi kerak. Bir bozor qatnashchisining soliqdan
ozod qilinishi va soliq og‘irligini boshqa bozor qatnashchisi zimmasiga
tushirishi tenglikni bildirmaydi.
2. Soliqqa tortishda aniqlik va osonlik.
Soliq to‘lovchilar to‘lashi lozim
bo‘lgan soliq summasini aniqlay olishlari zarur, ular belgilangan soliq,
og‘irligini qaysi siyosiy qarorlar asosida qo‘yilganligi to‘g‘risida aniq
axborotlar bilan ta’minlanishi kerak.
3. Soliqqa tortishning arzonligi.
Soliq qonunchiligi imkoniyati
boricha oddiy, soliqni undirish jarayoni esa arzonligi bilan ajralib turishi zarur.
Bu prinsip ham soliq to‘lovchi va hamma daromad uchun soliqqa tortishni
tushunarli, qulay, oddiy bo‘lishligini ifodalaydi. Soliqni undirish, soliqni
hisoblash to‘g‘risida tayyorlangan qonuniy hujjatlar nisbatan arzon bo‘lishi
zarur.
4. Soliqqa tortishning xazinaviy samaradorligi va egiluvchanlik.
Soliq tizimi o‘zining xazinaviy samaradorligi va iqtisodiy ahvol o‘zgarishiga
to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishi bilan ajralib turishi lozim. Bu yerda
iqtisodiy o‘sish bilan soliqning oshishi kelisha olmaydigan holatdir. Milliy
yalpi ichki mahsulotdagi soliqlar va ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasining
salmog‘ini oshirish iqtisodiy rivojlanishga katta salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
5. Soliqqa tortishda ijtimoiy adolat.
Soliq tizimi davlatning ijtimoiy
maqsadlarini amalga oshirishga ko‘maklashuvi zarur, ya’ni sog‘liqni saqlash,
oila maqsadini ko‘zlash va tabiat muhofazasini ta’minlashda qatnashishi
zarur.
Yuqoridagi barcha prinsiplarni e’tiborga olish soliq konsepsiyasini
mukammal ishlab chiqishning asosidir. Bunday konsepsiyaning yaratilishi esa
soliq siyosatining negizidir.
Dostları ilə paylaş: