O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161
Moliya huquqi

soliq to‘g‘risidagi 
qonun elementlari 
yoki 
soliq modeli 
deb ataladi. Soliq to‘g‘risidagi 
qonunning asosiy elementlariga 
ɫɨɥɢ
q to‘lovchi, soliq solish 
ɨɛɴɟɤɬɢ
,
soliq solish birligi, stavkalari, imtiyozlar kiradi.
Soliq to‘lovchi 
yuridik va jismoniy shaxs bo‘lib, uning zimmasiga 
qonun bilan o‘z mablag‘lari hisobidan soliq to‘lash majburiyati yuklatil-
gan. Amaldagi qonunchilik soliq to‘lash bo‘yicha o‘z majburiyatini 
boshqa shaxs zimmasiga yuklatishga olib keluvchi soliqqa doir 
qo‘shimcha tushuntirish, izohlardan foydalanishni man etadi (Soliq 
kodeksi 35-modda). Soliq subyekti hamma vaqt ham aniq soliq to‘lovchi 
bo‘lavermaydi. Soliq og‘irligini boshqa shaxs zimmasiga yuklash 
ikoniyatiga bog‘liq holda soliq egasi, ya’ni amalda soliq to‘lovchi shaxs 
degan tushuncha ham bor. Soliq egasi, masalan, aksizosti tovarlar hamda 
qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar 
iste’molchilari hisoblanadi.
Soliq solish obyekti 
– soliq to‘lovchining daromadi yoki mulki bo‘lib, 
undan soliq summasi hisoblab yoziladi va soliq solish uchun asos bo‘lib 
xizmat qiladi. «Soliq solish obyekti» tushunchasiga «soliq solish 
predmeti» atamasi mazmunan yaqin bo‘lib, u bilan yuridik xususiyat 
emas, balki faktik belgilar belgilanadi. Masalan, yer solig‘i obyekti – 
yerga egalik huquqi bo‘lib hisoblanadi, bevosita yerning o‘zi emas 
(mazkur holda yer soliq solish predmetidir).
Soliq solish birligi 
soliq solish obyektining bir qismi bo‘lib, unga 
soliq stavkasi belgilanadi (daromadning 1 so‘mi, yer uchastkasining 1 kv. 
m) va h.k.


194
Soliq stavkasi – 
soliq solish birligiga belgilanadigan soliq kattaligi. 
Soliq stavkasi foizlarda yoki qat’iy summada belgilanadi. Soliq 
to‘lovchining daromadiga nisbatan foizlarda ifodalangan soliq stavkasi 
soliq kvotasi 
deb ataladi. Foizlar stavkasi asosan daromadlarga soliq 
solishda qo‘llaniladi va soliq solish birligidan foizlarda. 
Soliqlar bo‘yicha imtiyozlar –
bu yuridik va jismoniy shaxslarni 
amaldagi qonunchilikka muvofiq soliqlar to‘lashdan to‘la yoki qisman 
ozod etishdir. Qonunchilik hujjatida u yoki bu imtiyozlarni berish bilan 
bog‘liq bo‘lgan holatlar nazarda tutiladi. Aniq maqsadga qarab qonun 
chiqaruvchi to‘lovchilarning ayrim guruhlarini soliq to‘lashdan to‘liq yoki 
qisman ozod qiladi, ayrim obyektlar, daromad manbalarini soliqqa 
tortishdan chiqarib tashlaydi. 
Soliq imtiyozlarini harakat mexanizmi bo‘yicha uch guruhga bo‘lish 
qabul qilingan: chiqarib tashlash, olib tashlash; qisqartirish, kamaytirish; 
soliq kreditlari.
Chiqarib tashlash 
soliq imtiyozi bo‘lib, soliq solish ayrim predmeti 
(obyekti) hamda soliqning ayrim subyektlari yoki ularning biror toifasini 
soliqqa tortishdan chiqarib tashlashga yo‘naltiriladi. Chiqarib tashlash 
muayyan muddatga yoki doimiy asosda berilishi mumkin. 
Qisqartirish (kamaytirish) 
soliq miqdori yoki soliq bazasini 
kamaytirishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozi hisoblanadi. Masalan, 
to‘lovchiga soliqqa tortilishi lozim bo‘lgan foydani jamiyat va davlat 
tomonidan rag‘batlantiriladigan maqsadlar (xayriya jamg‘armalariga, 
sog‘liqni saqlash muassasalari hisobiga mablag‘lar o‘tkazish, tabiatni 
muhofaza qilish tadbirlari uchun sarflanadigan xarajatlar va boshq.) 
uchun qilingan xarajatlar summasiga kamaytirish huquqi beriladi. 
Qisqartirish imtiyozli (ularning miqdori bevosita yoki bilvosita belgi-
lanadi) va imtiyozsiz bo‘lishi (soliq bazasi soliq to‘lovchi xarajatlarining 
butun summasiga kamaytirilishi) mumkin. 
Soliq krediti 
– soliq majburiyatini ijro etish muddatini o‘zgartirish, 
bunda soliq to‘lovchiga muayyan muddat davomida u to‘lashi kerak 
bo‘lgan soliq to‘lovlarini keyinchalik foizlar to‘lagan holda, bosqichma-
bosqich qaytarish imkoniyati beriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin