O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a


Soliq huquqi va uning manbalari, soliq to‘g‘risidagi qonun



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161
Moliya huquqi

Soliq huquqi va uning manbalari, soliq to‘g‘risidagi qonun 
elementlari. 
Moliya huquqi predmetini tashkil etuvchi ijtimoiy 
munosabatlarning muayyan doirasi soliqlarni belgilash va undirib olish 
bilan bog‘liq. Ular moliya huquqining me’yorlari bilan tartibga solinib, 
bu me’yorlar majmui uning institutlaridan biri – soliq huquqini tashkil 
etadi. Shuni hisobga olgan holda, 
soliq huquqi deganda,
soliqlarni 
belgilash va undirib olish jarayonida yuzaga keladigan ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi moliyaviy-huquqiy me’yorlar majmui 
tushuniladi. 


191
Hozirgi vaqtda iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda 
soliqlar rolining ortib borishi bilan ko‘pgina tadqiqotchilar soliq huquqini 
huquqning mustaqil tarmog‘i sifatida ko‘rib chiqishadi. Lekin 
umumqabul qilingan nazariyadan kelib chiqiladigan bo‘lsa, unga muvofiq 
huquq me’yorlarini tarmoqlar bo‘yicha taqsimlashning eng muhim 
belgilari predmet bilan huquqiy tartibga solish usulining birligi 
hisoblanib, soliq huquqini huquqning mustaqil tarmog‘iga ajaratish uchun 
jiddiy asoslar borligi hozircha kuzatilmayapti. Soliqlarni belgilash va 
undirib olish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xos 
muayyan xususiyatlari bo‘lishi tabiiydir, bunday o‘ziga xos xususiyatlar 
budjet, bank va boshqa moliyaviy munosabatlarga ham xos bo‘lib, shunga 
qaramasdan, ular moliya huquqi predmeti doirasidan chetga chiqmaydi. 
Ushbu barcha munosabatlar, oxir-oqibatda davlatning moliyaviy faoliyati 
bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, moliya huquqining predmeti davlat 
faoliyatining aynan mana shu ko‘rsatilgan sohasida yuzaga keladigan 
ijtimoiy munosabatlardir. 
Huquqiy tartibga solishning maxsus usulini, soliq huquqiga xos 
bo‘lgan, huquqning mustaqil sohasi sifatida ajratish uchun yetarlicha 
asoslar yo‘q. Moliya huquqining asosiy usuli, xususan, davlat-hokimiyat 
ko‘rsatmalari usuli soliq munosabatlarini tartibga solishga ham to‘liq 
darajada xosdir. Pozitiv majbur qilish, man etish, ba’zan ruxsat berish 
usulini qo‘llashda ifodalangan maxsus yuridik tartib moliya huquqining 
boshqa institutlarida ham foydalanilishi mumkin. 
Shunday qilib, soliq huquqi adabiyotlarda moliyaviy-huquqiy institut
moliya huquqi bo‘limi sifatida ko‘rib chiqilishi to‘la haqqoniydir. 
Soliq huquqi me’yorlari ko‘p sonli normativ-huquqiy hujjatlar – 
soliq 
huquqi manbalarida 
nazarda tutilgan. Bu hujjatlar o‘zining huquqiy 
shakli va mazmuni bo‘yicha turli-tuman bo‘lib, ular bir-biri bilan o‘zaro 
uzviy bog‘langan holda muayyan tizimni tashkil etadi. 
Soliq munosabatlarini huquqiy tartibga solish asoslari O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab berilgan. Xususan, 
mamlaka-timizning Asosiy qonuni 123-moddasida respublika hududida 
yagona soliq tizimi amal qilishi, soliqlarni joriy qilish huquqi esa, faqat 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga tegishli ekanligi nazarda 
tutilgan. Bundan tashqari, Konstitutsiyaning 51-moddasida fuqarolarning 
qonunchilik bilan belgilangan soliqlarni to‘lash majburiyati mustah-
kamlab berilgan. 


192
Soliq munosabatlarini tartibga solishga maxsus bag‘ishlangan 
normativ hujjatlar ichida O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 
yetakchi o‘rin egallaydi. Bu – mustaqil O‘zbekiston tarixida qonunlar 
majmuasini o‘z ichiga olgan birinchi qonunchilik hujjati bo‘lib, soliqqa 
doir barcha munosabatlarni bir butun holda tartibga soladi. U soliq 
tizimining huquqiy asoslari, soliq to‘lovchilarning huquq va 
majburiyatlari, soliq ishlari tartiboti hamda soliq qonunchiligini buzganlik 
uchun javobgarlikni belgilaydi, soliqlar ro‘yxati, ularni joriy etish, amalga 
kiritish va undirib olish tartibini mustahkamlab beradi. Soliq huquqining 
muhim manbai O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari 
bo‘lib, ular vositasida bozor qayta qurishlari sharoitlarida bizning 
davlatimiz soliq siyosatining eng prinsipial masalalari tartibga solinadi. 
Ularda davlatimiz soliq tizimini takomillashtirish va uni bozor islohotlari 
talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha qabul qilinayotgan asosiy chora-
tadbirlarning maqsadli yo‘nalishi belgilanadi. 
Soliq huquqi manbalari ichida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi qarorlari katta rol o‘ynaydi. Hukumat qarorlarini qabul qilish 
yo‘li bilan soliq munosabatlarini operativ davlat-huquqiy tartibga solish 
jarayoni amalga oshiriladi. Xususan, bu – O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining navbatdagi moliya yiliga mo‘ljallangan davlat 
budjeti makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlari prognozi 
to‘g‘risidagi qarorlariga tegishli. Ularda umumdavlat soliqlarining 
stavkalari aniqlashtiriladi, budjet tizimi darajalari bo‘yicha tartibga 
solinadigan soliqlar taqsimlanadi, mahalliy soliqlar va yig‘imlarning 
chegara miqdorlari belgilanadi (ularni tegishli hududlarda amalga kiritish 
huquqi joylardagi mahalliy hokimiyat organlariga beriladi) va h.k. Soliq 
huquqi manbalaridan bo‘lgan eng ko‘p sonli guruhni idoraga qarashli 
normativ hujjatlar tashkil etadi, ular, odatda, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligining birgalikdagi qarorlari bilan 
qabul qilinadi. Masalan, bu – amaldagi qonunchilik bilan belgilangan 
umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va yig‘imlarning aniq 
turlarini hisoblab yozish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomalar, 
shuningdek, soliq solishning u yoki bu masalalari yuzasidan normativ 
tusdagi tushuntirishlardir. Ayrim hollarda soliq solish masalalari bo‘yicha 
normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va 
Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank, Davlat bojxona qo‘mitasi, 
Tashqi ishlar vazirligi va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro kelishuv 
bo‘yicha qabul qilinadi. 


193
Soliq huquqining ko‘rsatilgan manbalarini yaxlit bir butun holda va 
o‘zaro bog‘liq ravishda ko‘rib chiqib, aytish mumkinki, bizning 
respublikamizda soliq qonunchiligining butun bir tizimi, ya’ni soliq 
majburiyatlarining paydo bo‘lishi, o‘zgarishi va tugallanishi bilan bog‘liq 
ravishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-
huquqiy hujjatlarning majmui shakllandi. 
Bozor qayta qurishlariga javob beradigan soliq siyosatini muvaffa-
qiyatli amalga oshirish uchun soliq qonunchiligining ilmiy asoslangan 
tizimini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu tizim nafaqat 
amaldagi normativ material tuzilmasini, balki uning keyingi rivoji 
istiqbollarini ham aks ettirishi lozim. Qonunchilikning aniq-puxtaligi, 
qarama-qarshi bo‘lmasligi, hujjatlarning ortiqcha ko‘p bo‘lib, ularda 
aynan bir xil qoidalarning takrorlanmasligi ko‘p jihatdan shunga bog‘liq. 
Soliq huquqi maxsus me’yorlarga ega bo‘lib, ular 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin