O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161
Moliya huquqi

soliqlar 
– davlat budjetining daromad qismiga 
o‘tkaziladigan, yuqori qonunchilik hokimiyat organlarining hujjatlariga 
asosan yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan beg‘araz, muayyan 
miqdorda va belgilangan muddatlarda umumdavlat ehtiyojlarini qondirish 
uchun to‘lanadigan majburiy to‘lovlardir.
Ko‘rsatilgan to‘lovlar va soliqlar tor ma’noda ham umumiy, ham 
o‘ziga xos belgilarga ega. Yig‘imlar va bojlarning o‘ziga xos 


188
xususiyatlariga shu kiradiki, ular soliqlardan farqli ravishda, qisman 
boshqa xususiyatga ega bo‘lib, qonuniy belgilangan xizmatlarni 
ko‘rsatish yoki muayyan huquqlarni berish uchun undirib olinadi 
(masalan, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish uchun 
yig‘im, savdo huquqini olish uchun yig‘im). Bunday to‘lovlar, odatda, bir 
martalik xususiyatga ega, ularni to‘lash majburiyati to‘lovchi tomonidan 
nazarda tutilgan faoliyatni erkin tanlash yoki bu harakatlarni qilishdan 
o‘zini tiyib turish natijasida yuzaga keladi (masalan, bojxona boji). 
Soliqlarga esa, ulardan farqli ravishda, soliq solish obyekti mavjud 
bo‘lgan holda qonunchilikda belgilangan muddatlarda muntazam ravishda 
to‘lanish xususiyati xosdir. 
Soliqlarni ko‘rib chiqilayotgan to‘lovlar turlari bilan birlashtiruvchi 
umumiy belgilar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar mavjud 
bo‘lgan holda ularni to‘lash majburiyligi hisoblanadi. Bunday belgilarga 
yana ushbu barcha to‘lovlarning budjet tizimiga kiritilishi, soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash ustidan nazoratning davlat soliq 
xizmati organlari zimmasiga yuklatilishi (masalan, to‘lovlarni budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasiga kiritish) kabilar kiradi. Yana bir umumiy 
belgilardan biri subyektlarning soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘lashdagi asosiy majburiyatlari (to‘lovlarni o‘z vaqtida 
to‘lash, to‘liq to‘lash va h.k.)da farqning yo‘qligi hisoblanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin