206
7-MAVZU: SUG‘URTA. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BANK
MUNOSABATLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
1. «Sug‘urta» tushunchasi va uning funksiyalari.
2. Sug‘urtani huquqiy boshqarish.
3. Bank tushunchasi va bank operatsiyalari.
4. Banklar faoliyatining huquqiy asoslari.
1. «Sug‘urta» tushunchasi va uning funksiyalari
«Sug‘urta» tushunchasi va uni tashkil etish. Sug‘urta
deganda,
keltirilishi mumkin bo‘lgan zararni maxsus tashkilotga to‘langan a’zolik
to‘lovlari orqali qoplashni ta’minlash tushuniladi.
Iqtisodiy ma’noda sug‘urta
– jamiyat va uning a’zolarining nazarda
tutilmagan ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo‘lgan
markazlashgan va
markazlashmagan pul zahiralarini va moddiy mablag‘larni tashkil etish
bo‘yicha bo‘ladigan munosabatlar tizimi hisoblanadi.
Moddiy nuktai nazardan sug‘urta jarayonida
–
tabiiy ofatlar, baxtsiz
hodisalar hamda ma’lum bir hodisalarning sodir bo‘lishi bilan keltirilgan
zararni qoplash uchun foydalaniladigan maxsuslashtirilgan muassasa-
larning pul (moddiy) jamg‘armalari tashkil topadi.
Xorij olimlari Sitseron va Tit Liviy asarlarini o‘rganib chiqib,
sug‘urtaning Qadimgi Rimda, Yunonistonda ham qo‘llanilgani to‘g‘risida
xulosaga kelishdi. Jumladan, Qadimgi Yunonistonda Aleksandr
Makedonskiy davrida nafaqat o‘zaro sug‘urtalar, balki
shu bilan birga,
aksioner sug‘urta jamiyatlari ham mavjud bo‘lgan. Rossiyada kadimgi rus
huquqining asosiy manbalaridan biri bo‘lgan «Russkaya pravda»da (X–
XI asrlar) sug‘urta to‘g‘risida ilk marotaba gapirib o‘tilgan. Unda odam
o‘ldirilgan vaqtda yetkazilgan zarar jamoa tomonidan qondirilishi nazarda
tutilgan. Lekin sug‘urtaning hozirgi ko‘rinishi
ilk bor XIV asrda paydo
bo‘ldi. Aynan shu vaqtdan boshlab sug‘urta – tijorat-sug‘urta tashkilot-
larining faoliyati sifatida namoyon bo‘ldi. Bu tashkilotlarning asosiy
maqsadi «zararlarni taqsimlash» va «sug‘urta operatsiyalaridan daromad
olish» hisoblangan.
Rossiyada bo‘lib o‘tgan inqilobdan so‘ng 1918-yil 28-noyabrda
RSFSR SovNarkomi tomonidan «Sug‘urta
ishini tashkil etish
to‘g‘risida»gi dekret qabul qilindi. Ushbu dekret bilan oldingi barcha
xususiy sug‘urta jamiyatlari tugatildi, ularning barcha mol-mulki va pul
207
mablag‘lari davlat hisobiga o‘tkazildi. Bu vaqtdan boshlab sug‘urta davlat
monopoliyasiga aylantirildi va 1990-yillarga qadar davom etdi.
Sobiq
SSSRda sug‘urta bo‘yicha ishlarni SSSR Gosstrax organlari amalga
oshirib kelgan.
Hozirgi vaqtda davlat tomonidan sug‘urtaning tartibga solinishida tub
o‘zgarishlar yuz berdi.
Sug‘urta O‘zbekiston Respublikasi moliya tizimining mustaqil
bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi va u ikki shaklda: ijtimoiy sug‘urta va
shaxsiy sug‘urta shaklida namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotining
rivojlanishi, turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarning tashkil
topishi jarayonida ijtimoiy sug‘urta – davlat ijtimoiy sug‘urtasiga va
nodavlat ijtimoiy sug‘urtasiga bo‘lindi.
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta munosabatlari, sug‘urta
tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish
va huquqiy tartibga solish
asoslari O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi «Sug‘urta
faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida o‘z ifodasini topgan. Qonunda birinchi
marotaba
sug‘urtaning huquqiy mazmuni
ko‘rsatib berildi, ya’ni:
Dostları ilə paylaş: