O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161
Moliya huquqi

Hududlar bo‘yicha sug‘urtalashda 
mamlakatning ichki va tashqi 
iqtisodiy munosabatlarida olib boriladigan ishlar, jumladan xorijiy 
mamlakatlar bilan sug‘urta sohasida hamkorlik qilish, bunda faqat 
eksport-import muammolarigina emas, balki investitsiyalar, diplomatiya 
xodimlarini ham sug‘urtalash ko‘zda tutiladi. 
Davlat va xususiy sug‘urta tashkilotlarini 
qo‘yidagicha guruhlash 
mumkin: 
– faqat xorijiy mamlakatlar investorlari («O‘zbekinvest») va tashqi 
iqtisodiy munosabatlarga xizmat qiluvchi sug‘urta tashkilotlari; 
– qo‘shma sug‘urta tashkilotlari, kompaniyalar (masalan, «Chartis 
Uzbekistan» sug‘urta tashkiloti, «ARK SUG’URTA» qo‘shma korxo-
nasi); 
– faqat mamlakat doirasida yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat 
qiluvchi xususiy tashkilotlar («ALSKOM» sug‘urta tashkiloti); 
– davlat hissadorlik sug‘urta tashkilotlari. 
Tarmoqlar bo‘yicha sug‘urtalash qo‘yidagi yo‘nalishlarda amal-
ga oshiriladi:
-
mulk sug‘urtasi; 
-
shaxsiy sug‘urta; 
-
javobgarlik sug‘urtasi; 
-
tadbirkorlik bo‘yicha xavf-xatar sug‘urtasi. 
Mulk sug‘urtasi 
o‘z navbatida tarmoq bo‘limlariga bo‘linadi. 
Masalan, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha jamoa xo‘jaliklari, matlubot 
kooperatsiyasi va hokazolar. Bundan tashqari, sanoat korxonalari va 
ijaraga berilgan korxonalar ham tarmoq bo‘limlarini tashkil qilishlari 
mumkin. Keyingi yillarda qo‘shma korxonalar, tadbirkorlar mol-mulklari 
ham sug‘urtaga tortiladigan bo‘ldi. 
Mulk sug‘urtasining ayrim tarmoq turlariga imoratlarni sug‘urtalash, 
chorva mollari, uy-joy, ro‘zg‘or mulklari, transport vositalarini sug‘urtalash, 
shuningdek, qishloq xo‘jaligi hosilini sug‘urtalash va boshqalar kiradi. 


224
Shaxsiy sug‘urta 
asosan ikki tarmoqdan – hayot sug‘urtasi va baxtsiz 
hodisalarda qilinadigan sug‘urta bo‘limchalaridan iborat. Sug‘urta 
munosabatlari sug‘urta xillari bo‘yicha mujassamlashtiriladi. Hayot 
sug‘urtasi bo‘yicha hayotni aralash sug‘urta, bolalar sug‘urtasi kabi 
sug‘urta xillari mavjud. Baxtsiz hodisalar bo‘yicha tarmoq bo‘limlariga 
yo‘lovchilarni, shuningdek, maktab o‘quvchilarni sug‘urtalash, harbiy 
xizmatchilarni sug‘urtalash, ishchi va xizmatchilarni esa korxonalar 
hisobidan sug‘urta qilish va boshqalar kiradi. 
O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining «Harbiy 
xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, oddiy askarlar hamda 
boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning davlat majburiy shaxsiy 
sug‘urtasi to‘g‘risida»gi qaroriga binoan 1994- yilning 1-yanvaridan 
boshlab harbiy xizmatchilar va majburiy harbiy xizmat tarkibidagilar, 
shuningdek, ular bilan bir yo‘nalishda xizmat vazifalarini bajaruvchilar 
(ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari) xizmatni o‘tash 
(harbiy yig‘inlar) davrida halok bo‘lish (vafot etish), jarohatlanish 
(kontuziya), kasallanish hodisalaridan majburiy tartibga sug‘urtalanadilar. 
Sug‘urtalash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki 
ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatiga budjetdan ajratiladigan 
mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. 
Ushbu qarorga asosan davlat sug‘urta organlari: 
– sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash davrida halok bo‘lganda yoki 
xizmatdan bo‘shagandan so‘ng bir yil mobaynida olingan jarohat, kasalla-
nish natijasida vafot etganda – uning merosxo‘rlariga (merosxo‘rlik 
huquqini tasdiqlaydigan guvohnoma taqdim etilgan taqdirda) respub-
likada belgilangan eng kam ish haqining 7 yilligi miqdorida; 
– sug‘urtalangan shaxs xizmatdan bo‘shagandan keyin bir yil 
mobaynida unga xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lgan nogironlik 
belgilanganda: I guruh nogironiga eng kam ish haqining 75 foizi, II guruh 
nogironiga – 50 foizi, III guruh nogironiga – 30 foizi miqdorida; 
– sug‘urtalangan shaxs xizmatni o‘tash davrida og‘ir jarohatlanganda 
– eng kam ish haqining 20 foizi va yengil jarohatlanganda 10 foizi 
miqdorida sug‘urta puli to‘laydilar.
Baxtsiz hodisalar shaxsiy sug‘urtaning obyekti bo‘lib, unga 
to‘satdan, qisqa muddatda inson tanasiga tabiiy kuchlarning zararli ta’siri 
natijasida vujudga keladigan hodisalar, kimyoviy ta’sirlanish, haroratning 
pasayib ketishi yoki ko‘tarilishi kiradi. Baxtsiz hodisalarning belgisi 
quyidagilardan iborat: 


225
1) hodisalar kutilmaganda, to‘satdan sodir bo‘ladi; 
2) qisqa muddatlarda bo‘lib o‘tadi; 
3) inson tanasiga zararli ta’sir ko‘rsatadi; 
4) tabiiy kuchlar ta’siri asosida sodir bo‘ladi; 
5) haroratning ko‘tarilishi yoki pasayib ketishi natijasida yuzaga 
keladi; 
6) kimyoviy ta’sir natijasida o‘zgarishlar vujudga keladi. 
Javobgarlik sug‘urtasida 
transport vositalaridan foydalanishda 
uchinchi shaxsga yetkazilgan zarar qoplanadi. 
Tadbirkorlik bo‘yicha xavf-xatar sug‘urtasi 
tarmog‘iga tadbirkorlarga 
yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan sug‘urtalash kiradi. Bunda bevosita 
va bilvosita zararlardan keladigan yo‘qotishlar ko‘zda tutilib, korxona, 
savdo tashkilotida ishlab chiqarish vaqtidagi bekor turishlar, yangi 
texnika va texnologiyani joriy qilish bilan bog‘langan xavf-xatar 
natijasida yuz bergan kamomadlar hisobga olinadi. 
Xavf-xatar xillari bo‘yicha guruhlash 
faqat mol-mulk sug‘urtasiga 
taalluqli bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshiriladi: 
– yong‘in va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urtalash; 
– qishloq xo‘jaligi ekinlarini qurg‘oqchilik va boshqa tabiiy 
ofatlardan sug‘urtalash; 
– chorva mollari o‘lati va majburan so‘yib yuborishdan sug‘urta; 
– transport vositalarini olib qochishdan va boshqa xavf-xatarlardan 
sug‘urtalash. 
Ko‘rsatilgan xavf-xatarlar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmasada, lekin bir 
xil xavf natijasida boshqa falokatlar sodir bo‘lishi mumkin. Masalan, 
fermada yong‘in boshlansa, u chorva mollariga ham o‘tishi mumkin. 
Xavf-xatarning yangi xillaridan biri atom stansiyalari faoliyatining izdan 
chiqishi bilan bog‘langan bo‘lsa ham unga nisbatan sug‘urtalash tatbiq 
qilinmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin