O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Moliya huquqi

SO‘Z BOSHI 
Ma’lumki, bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. 
Bozor iqtisodi esa erkin tovar-pul munosabatlariga asoslangan iqtisodiy 
monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish yo‘nalishiga ega bo‘lgan va boshqarilib boriladigan 
iqtisoddir. 
Bozor munosabatlari sharoitida bank-moliya tizimidagi islohotlarning 
o‘rni va ahamiyati yuqoriligini ta’kidlash lozim. Shu sababli, bank, 
sug‘urta tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul 
muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosa-
batlarini tartibga solish, so‘mning barqarorligi va yuksak nufuzini 
ta’minlash sohasidagi muammolarni o‘rganish, shuningdek, tegishli ilmiy 
xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o‘ta dol-
zarb masalalardan hisoblanadi. Bu munosabatlarni tartibga solishga, 
albatta, moliyaviy-huquqiy normalar orqali erishish mumkin. 
Prezident Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2010-yilning 12-noyabr 
kuni Oliy Majlisning qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
konsepsiyasi»ni e’lon qildi. Ushbu konsepsiyada mustaqil O‘zbekis-
tonning qariyb yigirma yillik ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va 
huquqiy rivojlanishining ilmiy-nazariy va amaliy jihatlari chuqur tahlil 
etilib tegishli xulosalar chiqarildi. Jumladan: 
– O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilab beruvchi 
«O‘zbek modeli» jahon amaliyotida o‘z isbotini topdi. 2008–2010-
yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O‘zbekistonda 
yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 8,1–9 foizni, yigirma yillik 
taraqqiyot mobaynida esa o‘rtacha o‘sish 3,5 barobarni tashkil etgani, 
O‘zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 10 foizdan 
oshmayotganligi mamlakatimizni bosqichma-bosqich yuksalib borayot-
ganidan dalolatdir. Bu yutuqlar Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon banki, 
Osiyo taraqqiyot banki singari nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari 
tomonidan e’tirof etilmoqda; 
– jahon miqyosidagi globallashuv va raqobat tobora kuchayib
zamonning tez o‘zgarib borayotganligi, fuqarolarning siyosiy-huquqiy 


4
madaniyati yuksalgani taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish 
strategiyasiga ega bo‘lishni obyektiv zaruratga aylantirdi. 
Hozirgi vaqtda moliyaviy munosabatlarni huquqiy tartibga solish 
muammosi – O‘zbekiston davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
hayotida dolzarbligi bilan ajralib turadi. 
Zero, hozirgi kunda IIV Akademiyasi tinglovchilariga «Moliya 
huquqi» fanidan dars berishda tegishli darslik, o‘quv qo‘llanma va boshqa 
adabiyotlarning yetarli darajada ta’minlanmaganligi ham ushbu ma’ru-
zalar kursini tayyorlash va chop etish zaruratini taqozo etmoqda.
Ushbu ma’ruzalar kursining asosiy maqsadi Akademiya tinglov-
chilariga moliya huquqi fanidan o‘quv dasturlarida belgilangan mavzular 
doirasidagi bilimlarni berish hamda kelajakda ichki ishlar organlari 
faoliyatidagi moliyaviy-huquqiy munosabatlarni to‘g‘ri qo‘llash haqida 
amaliy ko‘nikmalarni hosil qilishdan iboratdir.
Ma’ruzalar kursi nafaqat IIV Akademiyasi tinglovchilariga, balki IIV 
tizimidagi o‘quv muassasalarining tinglovchi va kursantlari, oliy ta’lim 
muassasalarining talabalari, moliya huquqi bo‘yicha ilmiy izlanish olib 
borayotgan stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar hamda moliya huquqi bilan 
qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‘ljallangan.


5

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin