9
Yozma buyruq (ko‘rsatma) –
huquq normasida nazarda tutilgan
sharoitlarda u yoki
bu harakatni amalga oshirish, ya’ni boshqacha emas,
balki aynan shunday harakat qilish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuridik
majburiyatni zimmaga yuklash.
Man etish (taqiqlash) –
amalda bu ham
ko‘rsatma, ammo u
teskari belgili, ya’ni huquq normasida nazarda
tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni amalga oshirmaslik bo‘yicha
yuridik majburiyatni zimmaga yuklashdir.
Ruxsat berish
– huquq
normasida nazarda tutilgan sharoitlarda u yoki bu harakatlarni o‘z xohishi
bo‘yicha amalga oshirish uchun yuridik ruxsat berilishidir.
Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning ko‘rsatilgan
uslublari
huquq tarmog‘ining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
foydalaniladi.
Qayd etilganidek, moliya huquqi tartibga solishning o‘z predmetiga
ega bo‘lib, xususan, bu – davlat moliyaviy
faoliyati sohasida yuzaga
keladigan ijtimoiy munosabatlardir. Ushbu faoliyat davlat faoliyatining
boshqa turlaridan o‘zining vazifalari, maqsadli yo‘nalishi
va namoyon
bo‘lish shakllari bilan farq qiladi. Moliya huquqi predmetini tashkil
etuvchi munosabatlar uchun shu
narsa xoski, ular davlat pul mablag‘lari
jamg‘armalarini rejali tashkil etish, taqsimlash va ulardan
foydalanish,
shuningdek, moliyaviy faoliyat natijasida amalga oshiriladigan
jarayonlarni nazorat etish bilan bog‘liqdir. Munosabatlarning bunday turi
moliya huquqi normalari harakatlarining o‘ziga xos alohida xusu-
siyatlarini ham belgilab beradi.
Moliyaviy-huquqiy tartibga solish uchun davlat organi yoki mansab-
dor shaxsdan chiqadigan ko‘rsatmalar xosdir. Moliyaviy munosabat-
larning boshqa tomoni ushbu ko‘rsatmaga bo‘ysunishga majbur. Masalan,
hisob-kitob va valuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari barcha
yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir. Bu shuni anglatadiki,
davlat organining hokimiyat ko‘rsatmalari yaqqol namoyon bo‘lib, ular
yordamida davlat amalda o‘zining moliyaviy faoliyat sohasidagi
vakolatlarini amalga oshiradi.
Moliyaviy-huquqiy tartibga solish uchun
yana boshqa bir xususiyat
ham xos bo‘lib, u bir tomonning o‘z xohish-irodasini bildirishidir.
Demak, davlat nomidan harakat qiladigan va moliyaviy munosa-
batlarda uning manfaatlarini va xohish-irodasini
ifoda etadigan, yuqorida
ko‘rsatilgan organlarning o‘z xohish-irodasini bildirishi bir
tomonlama va
majburiy bo‘lishi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bu shuni anglatadiki, mazkur
10
holda biz davlat moliyaviy faoliyati sohasida tomonlarning yuridik
jihatdan tengsizligini ko‘rayapmiz.
Aynan mana shu sababli
Dostları ilə paylaş: