O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/161
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#198343
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161
Moliya huquqi

Moliya manbalariga 
qonun hujjatlari kiradi. 
Chunonchi, O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni – 
Konstitutsiya barcha qonunchilik jumladan moliya qonunchiligi uchun 
ham asosiy yuridik manba hisoblanadi. Unda huquqning, shu jumladan, 


12
moliya huquqining ham asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Kons-
titutsiyaning XXV bobi 122–124-moddalarida moliyaviy–huquqiy 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan maxsus qoidalar ko‘rsatib 
o‘tilgan.
Konstitutsiyaning 122-moddasida O‘zbekiston Respublikasi o‘z 
moliya va pul-kredit tizimiga ega ekanligi hamda O‘zbekistonning davlat 
budjeti tizimi haqidagi normalar belgilab qo‘yilgan. 
123-moddasida esa O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq 
tizimi amal qilishi va soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy Majlisi haqli ekanligi qoidasi mustahkamlangan. 
124-moddasida O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi to‘g‘risida 
va ushbu tizimga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh-
qaruvi joriy etilishi haqidagi norma belgilab qo‘yilgan. 
Moliya huquqining umumiy manbalari orasida O‘zbekiston Respub-
likasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Soliq kodeksi muhim o‘rin 
tutadi. Soliq kodeksi Umumiy va Maxsus qism, 41-bob, 134-moddadan 
iborat. Ushbu kodeks 1998-yil 1- yanvardan kuchga kiritildi. Soliq 
kodeksi O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining huquqiy asoslarini, 
soliq subyektlarining huquq va majburiyatlarini, soliq ishlarini yuritish 
tartibini va soliq qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik masalalarini 
belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasida pul mablag‘larini yig‘ish, jamlash, 
ishlatish, tarqatish va sarflash bilan bog‘liq moliyaviy munosabatlarni 
tartibga soluvchi asosiy qoida va 
ɬɚɥɚɛɥɚɪ
, huquqiy vosita va tadbirlar va 
ularni tatbiq etish mexanizmi qonunlarda mustahkamlangan. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasining «Budjet tizimi to‘g‘risida»gi 14-dekabr 
2000-yil qonuni O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi tuzilishi va 
uni boshqarish asoslarini; davlat budjetining tuzilishi va tamoyillarini; 
davlat budjetini tayyorlash, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va ijro etish 
tartibini; davlat budjetining daromadlarini shakllantirish va uning 
xarajatlarini amalga oshirish tamoyillarini; davlat budjeti tuzilmasiga 
kiruvchi budjetlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni; davlat budjeti 
mablag‘lari bilan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida hisobga 
olish, hisobot va kontrol qilish tartibini belgilaydi.
Moliyaviy munosabatlarni tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmonlari ham ma’lum bir ahamiyatga ega. Masalan, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining 
milliy valutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida»gi 1994-yil 16-iyundagi 


13
farmoni asosida respublika hududida 1994-yil 1-iyuldan boshlab milliy 
valutamiz – «SO‘M» joriy etildi. Ushbu farmonga ko‘ra, «SO‘M» 
O‘zbekiston Respublikasida yagona to‘lov vositasi hisoblanadi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining normativ hujjatlari hamda mahalliy 
davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan moliyaga oid 
normativ-huquqiy hujjatlar ham moliyaviy munosabatlarni tartibga 
solishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   161




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin