24
moliyaviy munosabatlar qatnashchilari tomonlaridan
birining xohish-
irodasiga mos kelishi mumkin. Huquqiy tartibga solishning bunday
variantiga yuridik shaxslar o‘rtasida joylashtiriladigan davlat qisqa
muddatli obligatsiyalarini chiqarishning amaldagi tartibi misol bo‘lib
xizmat qilishi mumkin. Davlat bir tomonlama tartibda faqat
obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish va to‘lash shartlarini belgilaydi,
ammo ularni majburiy tartibda sotib olinishini nazarda tutmaydi. Ushbu
obligatsiyalarni sotib olishni yuridik shaxs o‘z ixtiyori bo‘yicha hal qiladi.
Shunday qilib, moliyaviy-huquqiy normalarning davlat moliyaviy
faoliyati sohasidagi ijtimoiy munosabatlarga, ularning turli
qatnashchilariga bo‘lgan tartibga soluvchilik ta’siri faol harakat qilishni
aniq belgilash, shuningdek, o‘z ixtiyori bo‘yicha umumiy qoidalar
doirasida harakat qilish imkoniyatini berishdan iboratdir. Bunda
davlat
pul jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning
ushbu barcha holatlari normativ ko‘rsatmalarning imperativ shakliga
bo‘ysunadi.
Ushbu ko‘rsatmalar yordamida moliya huquqi
normalari tartibga
solinayotgan ijtimoiy munosabatlar qatnashchilariga muayyan huquqlar
beradi, ularning zimmasiga aniq yuridik majburiyatlarni yuklaydi,
huquqlarning aniqligi va majburiyatlarning ijro etilishini ta’minlash
uchun kafolat yaratadi.
Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: