17
– qonuniylik prinsipi;
– moliyaviy faoliyatni amalga oshirishda demokratik prinsipi;
– moliyaviy faoliyatni amalga oshirishda fuqarolarning
va mehnat
jamoalarining ishtiroki prinsipi;
– milliy siyosat prinsipi.
Moliya huquqining O‘zbekiston Respublikasi huquq tizimida
tutgan o‘rni.
Ilgari yuridik adabiyotlarda moliya huquqi huquq
tizimining mustaqil sohasi sifatida namoyon bo‘lishi
shubha ostiga olinar
edi. Moliya huquqiga davlat (konstitutsiyaviy) huquqi va ma’muriy
huquqning yoki faqat ma’muriy huquqning bir qismi sifatida qaralgan.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng
iqtisodning yangicha yo‘nalishga qaratilganligi moliyaviy mexanizmni
qayta ko‘rib chiqishni, moliya huquqini mustaqil huquq sohasi sifatida
rivojlantirishning chuqur huquqiy asosini ishlab chiqishni talab etdi.
Moliya huquqining mustaqilligi, birinchi navbatda, mazmuni, moliya
huquqi tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning birligi
bilan xarakterlanadi. Bu munosabatlarning barchasi pul mablag‘larini
yig‘ish, taqsimlash va qayta taqsimlashga qaratilgan bo‘lib, boshqa
ijtimoiy munosabatlardan ajralib turadi. Bu munosabatlarning yig‘indisi
mustaqil huquqiy tartibga solishga muhtojdir.
Moliya huquqi boshqa huquq sohalariga taalluqli bo‘lmagan o‘zining
tartibga
solinuvchi predmetiga, aniqrog‘i davlat moliyaviy faoliyati
jarayonida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarga ega. Bu
munosabatlar o‘z mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra, davlat (mahalliy) pul
jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va undan foydalanish bilan
bog‘liq bo‘lgan boshqaruv shakllari, shuningdek bu jarayonlarni nazorat
qilish tartibi bilan ajralib turadi.
Moliya huquqi bilan tartibga solishning asosiy usullaridan biri bu
davlat - hokimiyat vakolatidan
foydalanishdir, ya’ni moliyaviy
munosabat-larda ishtirok etuvchi tomonlarning biri davlat nomidan ish
olib boradi hamda unga bu sohada berilgan vakolatlardan foydalanadi. Bu
usul boshqa huquq sohalarida ham mavjud, (masalan, ma’muriy
huquqda). Lekin moliya huquqida u aniq
mazmunga ega ekanligi bilan,
hokimiyat harakatlarini olib borish vakolati berilgan organlar doirasining
kengligi bilan farq qiladi. O‘zining mazmuniga ko‘ra, davlat - hokimiyat
vakolatlarining berilishi davlat budjet tizimiga yoki budjetga tegishli
bo‘lmagan jamg‘armalarga to‘lanadigan mablag‘lar hajmi va tartibiga
taalluqlidir. Bu usul orqali pul mablag‘lari o‘z vaqtida va to‘liq davlatga
18
kelib tushadi, pul mablag‘larining maqsadga muvofiq
foydalanilishi
ta’minlanadi.
Bundan tashqari, moliya huquqida boshqa usullar ham mavjud.
Masalan, qo‘llanmalar chiqarish, kelishuv va boshqa usullar. Hozirgi
vaqtda moliyaviy munosabatlar subyektlari mustaqilligining oshib borishi
sababli, bu usullardan keng foydalanilmoqda.
Moliya huquqining o‘ziga xos xususiyatlari, uni huquqning boshqa
sohalari bilan taqqoslab ko‘rganda
yoki uni huquq sohalaridan
chegaralanganda ko‘rish mumkin.
Moliya huquqi davlat faoliyatining ma’lum bir sohasini qamrab
olganligi sababli, u konstitutsiyaviy huquq va ma’muriy huquq fanlariga
yaqin turadi.
Dostları ilə paylaş: